XORIJDA ISTIQOMAT QILAYOTGAN YOSH VATANDOSHLAR UCHUN QABUL!
Sentyabr 11, 2024 / Ko'rildi 331
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2024/2025-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida” 2024-yil 19-iyuldagi F–36-son farmoyishi bilan SamDU Urgut filialida o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishida o‘qish istagini bildirgan, xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun 30 ta davlat granti ajratilganligi to'g'risida https://t.me/samduufuz/741 telegram kanalida e'lon berilgan edi. Rejalashtirilgan qabul jarayonlari 15-sentyabr 17:30 ga qadar qabul davom etadi.
Murojaat uchun: @AbbosAshrapov