logo
Loading

Yoshlar masalalari va ma'naviy - ma'rifiy ishlar bo'yicha direktorning birinchi o'rinbosari

Yazdonov Zikirillo Shukurilloyevich

  • Qabul vaqti: Har kuni 15:00 dan 17:00 gacha
  • Telefon: +998990611142
  • Elektron pochta: zyazdanov@samduuf.uz

Mehnat faoliyati

2009 - 2013 yy.     Samarqand davlat  universiteti talabasi
2013 - 2015 yy.     Samarqand davlat  universiteti  magistri
2015 - 2017 yy.     Samarqand davlat universiteti milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi  assistenti
2017 - 2019 yy.     Samarqand davlat universiteti, falsafa kafedrasi assistenti
2019 - 2020 yy.     Samarqand davlat universiteti, falsafa kafedrasi assistenti, falsafa doktori (PhD)
2020 - 2021 yy.     Samarqand davlat universiteti, falsafa va milliy g‘oya kafedrasi dotsenti    
2021 - 2022 yy.     Samarqand davlat universiteti, psixologiya va ijtimoiy munosabatlar fakulteti, o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari

2022 - 2023 yy.     Sharof  Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, psixologiya va ijtimoiy-siyosiy  fanlar fakulteti, Sotsiologiya va ijtimoiy ish kafedrasi  dotsenti

2023 - h.v.             Sharof  Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Urgut filiali direktorining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari       

 

 

 

Lavozim vazifalari

  • O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;
  • Davlat ta’lim standartlari asosida o‘quv, ilmiy, moliyaviy va ma’naviy-tarbiya ishlarini tashkil etish va malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash;
  • Davlat ta’lim standartlariga muvofiq bilimlar mazmuni va tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar majmuasini barcha dekanlar va bo‘limlar, kafedra mudirlari va pedagog o‘qituvchilarning to‘liq bilishini ta’minlash;
  • Yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatli, mustaqil fikrlashga qodir bo‘lgan yuqori ma’lumotli, malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash;
  • Talaba-yoshlar ongiga milliy g‘oyani singdirish, ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarini olib borishning amaliy, ta’sirchan mexanizmlarini shakllantirish;
  • Ma’naviy-ma’rifiy jarayonni boshqarishni takomillashtirib borish;
  • Ma’naviy-ma’rifiy ishlarning joriy va istiqbolli rejalarini ishlab chiqish hamda ularning qat’iy amalga oshirilishini nazorat qilish mexanizmini vujudga keltirish;
  • Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimi uchun zarur me’yoriy hamda uslubiy hujjatlarni, amaliy tadbirlar rejalarini ishlab chiqish;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlarni talabalarga, professor-o‘qituvchilarga o‘z vaqtida yetkazish hamda har tomonlama tushuntirishni tashkil qilish;
  • Vakolatli davlat organlarining ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha qabul qilgan hujjatlarini oliy ta’lim muassasasi jamoasiga o‘z vaqtida yetkazish va ulardagi tadbirlarning bajarilishini ta’minlash;
  • Ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va talabalari o‘rtasida jamiyatni erkinlashtirish talablariga mos ijtimoiy muhitni shakllantirish uchun kerakli sharoitlarni ta’minlash;
  • Demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etishda talabalardagi ma’naviy boqimandalik kayfiyatini yo‘qotish va ularda o‘z tafakkurini doimiy rivojlantirish ehtiyojini shakllantirish;
  • Huquqiy tarbiyani amalga oshirish va huquqbuzarlikning oldini olish maqsadida huquq- tartibot idoralari bilan hamkorlikda ishlash;
  • Mamlakat va xalqaro hayotga oid axborotlarni keng jamoatchilikka, pedagoglar va talabalarga yetkazish tizimini tashkil etish;
  • Ma’naviy-ma’rifiy masalalarga oid ilmiy, uslubiy va amaliy adabiyotlar, qo‘llanmalar tayyorlash hamda ularni chop ettirish ishlarini yo‘lga qo‘yish;
  • Ijtimoiy-gumanitar kafedralarda o‘qitiladigan fanlarni uslubiy va informatsion (adabiyot, qo‘llanma va sh.k.) ta’minlashni, professor-o‘qituvchilar salohiyati va malakasi masalalarini o‘rganish, tahlil qilish, tegishli takliflar tayyorlash;
  • Ijtimoiy-gumanitar fanlardan yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalari tarkibini shakllantirish bo‘yicha tegishli takliflar tayyorlash;
  • Talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishni tashkil qilish. Ta’lim muassasasida talaba-o‘quvchilarning qiziqishlariga muvofiq yo‘nalishlar va ixtisosliklar, kasb-hunar turlari bo‘yicha to‘garaklar, kichik korxonalar, talaba-yoshlarning darsdan bo‘sh vaqtlarini unumli va foydali mehnat bilan band qilishga qaratilgan (haq to‘lanadigan) tuzilmalar tashkil etish;
  • Ta’lim muassasasida talabalar turar joylarining sharoitlarini unda istiqomat qilayotgan talabalar talablariga har tomonlama javob berishini muntazam nazorat ostiga olish;
  • Talaba-o‘quvchilar orasida badiiy adabiyotni, xususan O‘zbekistonda mustaqillik yillarida yaratilgan yuksak saviyali badiiy asarlarni o‘qish va o‘rganish ishlariga alohida e’tibor berish. Bu maqsadda badiiy asarlarning eng yaxshi talqini, tahlili va taqrizi uchun maxsus ko‘rik-tanlovlar, kitobxonlar konferensiyalari, muallif va adiblar bilan uchrashuvlar uyushtirish, g‘oliblarni rag‘batlantirish. Ta’lim muassasasi axborot resurs markazini turli badiiy, publitsistik asarlar, ilmiy-ommabop nashrlar bilan boyitib borish;
  • Ta’lim muassasasi sport-sog‘lomlashtirish, maishiy xizmat, ovqatlanish, dam olish, madaniy hordiq chiqarish tizimlarining uzluksiz va sifatli ishlashini ta’minlash masalalarini nazorat qilish;
  • Kam ta’minlangan, ko‘p bolali oilalardan chiqqan talabalarning moddiy ahvoli haqidagi ma’lumotlarni olish va ularni ijtimoiy muhofaza qilish bo‘yicha muntazam ish olib borish;
  • Talabalarning ota-onalari, mahalliy hokimiyatlar, xayriya jamg‘armalari, mahallalar bilan fakultetlar va ta’lim muassasasining hamkorlikda olib boradigan ishlarini tashkil etish hamda nazorat qilish;
  • Ko‘p nusxali va devoriy gazetalarning muntazam chiqishini ta’minlash, ularda ta’lim muassasasida ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni doimiy yoritib borish;
  • Konkurslar, festivallar, badiiy havaskorlik to‘garaklari ko‘riklarini va olimpiadalarni muntazam o‘tkazishni tashkil etish;
  • Respublika, viloyat va shahar miqyosida bo‘ladigan turli jamoat ishlarida, tadbirlarda professor-o‘qituvchilar va talabalarning faol ishtirokini ta’minlash;
  • Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar yo‘nalishlari hamda ularning samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar kiritish;
  • Professor-o‘qituvchilar va talabalar munosabatida odob-axloq me’yorlari va yuqori muomala madaniyatini tarkib toptirish.

So'nggi yangiliklar