logo
Loading

E'LONLAR

TADBIRKORLAR VA SARMOYADORLAR DIQQATIGA!

Noyabr 18, 2023 / Ko'rildi 73

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi “Respublika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 563-sonli qarori qabul qilingan. Mazkur qarorda talabalar turar joylarini davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy investitsiyalarni jalb qilish orqali barpo etish belgilangan.

Samarqand davlat universiteti Urgut filialiga xususiy tashabbuskor “Qurilish materiallari kombinati” MChJ tomonidan tashabbus taklifi, shu jumladan loyiha konsepsiyasi taqdim etilgan. Mazkur loyihada Samarqand davlat universiteti Urgut filiali (0,3 gektar) hududida 400 o‘ringa mo‘ljallangan talabalar turar joyi binosini qurish va faoliyatini tashkil etish rejalashtirilgan.

Loyiha yuzasidan xususiy sherikni tanlash O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2020-yil 26-apreldagi 259-sonli “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori talablariga binoan amalga oshiriladi.

 

Mazkur loyihani amalga oshirishdan manfaatdor investorlar 2023-yil 30-dekabrga qadar quyidagi manzillarga yuborishlari kerak:

  1. Samarqand davlat universiteti Urgut filiali: Urgut tumani, “Vag‘ashti” MFY 13-uy.

E-mail: samduuf@edu.uz, Telefon raqami: +998(94) 329-71-03; (91) 299-89-99.

  1. Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi manzili: 100095 Toshkent shahri, Talabalar ko‘chasi, 7-uy.

E-mail: devonxona@edu.uz, Telefon raqami: 71 203-32-23;

  1. Iqtisodiyot va moliya vazirligi manzili: 100017 Toshkent shahri, Istiqlol 29-uy.

E-mail: Alisher.Normurodov@imv.uz, Tel. raqami:  71 203-50-50 (01936).

“Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga binoan, qiziqish bildirish uchun so‘rov va tenderlar (takliflar) olingan taqdirda, davlat sherigi tomonidan loyihaning xususiy tashabbuskori va qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender o‘tkaziladi.