logo
Loading

Yangiliklar

Uchrashuv

Noyabr 25, 2023 / Ko'rildi 414

⚡️SamDU Urgut filialida "Jaholatga qarshi ma'rifat", "Yoshlar ekstremizmga qarashi" mavzularida talaba-yoshlar bilan ma'naviy-ma'rifiy uchrashuv tashkil etildi...

Uchrashuvni  Yoshlar masalalari va ma'naviy - ma'rifiy ishlar bo'yicha direktorning birinchi o'rinbosari  Zikrillo Yazdonov kirish so'zi bilan ochib berdi.

Uchrashuvda  filial talabalari orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul bo’lgan direktor maslahatchisi Sanjar Eshonqulov, Din ishlari bo'yicha qo'mitaning Urgut tumani bosh mutaxassisi Javlon Haydarov, Urgut tuman IIB terrorizmga qarshi kurash bo'limi boshlig'i Nodirjon Safarov hamda Urgut tuman DXX bo'limi xodimlari ishtirok etdi.  

   Uchrashuvda so'z olganlar tomonidan yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalikni qadriga yetish, loqayd va beparvolikka berilmaslik bo‘yicha tushunchalar berilib,  o‘sib kelayotgan yosh avlodni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash hamda yoshlarni terrorizm, ekstremizm, radikalizm kabi salbiy illatlardan ogohlantirish va asrash muhim ahamiyatga ega ekanligi ta'kidlandi. Psixoaktiv moddalarning  insonga psixotrop taʼsir ko‘rsatishi oson ekanligi, bu xudbin va jinoiy maqsadlarda inson ruhiyatiga taʼsir ko‘rsatishning eng oddiy variantlaridan biri ekani, giyohvand moddalarning mikrodozalari ham ongga sezilarli taʼsir ko‘rsatishi hamda itoatkorlik, depressiya va tajovuzkorlik holatlariga olib kelishi bo‘yicha keng maʼnoda tushunchalar berildi.
      
      Uchrashuv so'ngida "Mehr-5" hujjatli videofilmi namoyish etildi.

SamDU Urgut filiali

Axborot xizmati

So'nggi yangiliklar