logo
Loading

Yangiliklar

SamDU Urgut filialida “Xalqaro madaniyatlar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Aprel 29, 2025 / Ko'rildi 230

    SamDU Urgut filialida, mamlakatimizda millatlararo totuvlik va bag‘rikenglikni ta’minlash, do‘stlik muhitini yanada yaxshilash, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida “Xalqaro madaniyatlar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

   Mazkur tadbirni filial direktori, professor Quvondiq Yarashev kirish so'zi bilan ochib, O‘zbekistonda hukm surayotgan tinchlik va barqarorlik, millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik muhitini yuksak qadrlashlarini alohida ta’kidlab o‘tdi.

 

 

   “Mamlakatimizda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tirof etiladi. Ayniqsa, yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini shakllantirish, ularni do‘stlik va ahillik ruhida tarbiyalash bugungi davrning dolzarb vazifalaridan biridir. Qolaversa, Har bir madaniyat – bu insoniyat tafakkurining bir bo‘lagi, har bir urf-odat – bu tarixiy xotiraning jonli timsolidir. Shunday ekan, biz turfa madaniyat vakillarining o‘zaro hurmatda, hamfikrlikda yashashini targ‘ib etish orqali dunyoda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qilamiz. Bayram munosabati bilan tashkil etilgan ushbu tadbirimiz siz aziz yoshlarda dunyoqarashni kengaytirish, boshqa xalqlarning madaniy merosini qadrlash, o‘z milliyligingiz bilan faxrlanish va, albatta, bag‘rikenglik ruhida ulg‘ayishdek yuksak maqsadlarni qo‘yadi.”— dedi filial direktori, professor Quvondiq Yarashev.

 

 

 

 

 

 

So'nggi yangiliklar