logo
Loading

Yangiliklar

SamDU Urgut filialida “Korrupsiya—taraqqiyot kushandasi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Aprel 28, 2025 / Ko'rildi 180

    Mazkur davra suhbatida direktor maslahatchi Sanjar Eshonqulov, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi Furqat Umirov, pedagogika va tillarni o‘qitish fakulteti yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari Po‘lat Qahhorov hamda tyutorlar ishtirok etib, korrupsiya – jamiyat rivojiga jiddiy tahdid soluvchi illatlardan biri haqida tushunchalar berildi.

 

    “Korrupsiya – jamiyat rivojiga jiddiy tahdid soluvchi illatlardan biri bo‘lib, u iqtisodiy o‘sishning sekinlashishiga, adolat va tenglik tamoyillarining buzilishiga, aholining davlat va huquqiy institutlarga bo‘lgan ishonchini yo‘qotishiga sabab bo‘lib, korrupsiyaga qarshi kurash – bu faqatgina davlat organlarining emas, balki butun jamiyatning vazifasidir. Har bir fuqaro korrupsiyaga qarshi kurashda o‘z hissasini qo‘shishi lozim. Korrupsiyasiz jamiyat – bu taraqqiyot sari yo‘l ochuvchi asosiy omillardan biri, birgalikda halollik, adolat va shaffoflik tamoyillariga amal qilgan holda, korrupsiyaga qarshi kurashishimiz zarur.”— dedi “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi Furqat Umirov.

 

 

So'nggi yangiliklar