logo
Loading

Yangiliklar

SamDU Urgut filialida 9-may—Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi

May 08, 2025 / Ko'rildi 239

     Mazkur tadbirni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari Zikirillo Yazdonov kirish so‘zi bilan ochib, ikkinchi jahon urushida xalqimiz tomonidan ko'rsatilgan buyuk jasoratlar e'tirof etilib, bugungi tinchlik va farovonlikni qadriga yetish, asrash kerakligi ta‘kidladi. 

   “Xotira va qadrlash kuni nafaqat urush faxriylariga, balki Vatan yo‘lida jon fido qilgan barcha yurtdoshlarimizga hurmat bajo keltirish, ularning jasoratini yodga olish, yosh avlodga vatanparvarlik ruhini singdirish kuni hisoblanadi. Qolaversa, ikkinchi jahon urushi yillarida yurtimizdan frontga otlanib, tinimsiz mehnat qilgan va bugun oramizda bo‘lgan nuroniy otaxon va onaxonlarimizni minnatdorlik bilan yodga olamiz. Shunday ekan, tarixiy xotiraga hurmat bajo keltirish, yurtimiz tinchligini qadrlash va kelajak avlodga mardlik, fidoyilik saboqlarini yetkazish muhim vazifamizdir.”— dedi Zikirillo Yazdonov.

Tadbir davomida talabalar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar talaba-yoshlarga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi. 

So'nggi yangiliklar