Dolzarb: “Ijtimoiy faollik indeksi” haqida o‘qib, o‘rganishingiz lozim bo‘lgan ma’lumotlar bor.
Iyun 18, 2025 / Ko'rildi 183
Hurmatli talabalar!
Dolzarb: “Ijtimoiy faollik indeksi” haqida o‘qib, o‘rganishingiz lozim bo‘lgan ma’lumotlar bor.
Nega muhim: Agar “Davlat granti” asosida o‘qiyotgan bo‘lsangiz uni saqlab qolishingiz, agar "To‘lov shartnoma" asosida o‘qiyotgan bo‘lsangiz “Davlat granti” ga o‘tishingiz mumkin.
Asos: Bu borada SamDU Urgut filiali direktorining tegishli buyrug'iga muvofiq Filial talabalari “Ijtimoiy faollik indeksi” ni baholash metodikasi tasdiqlandi.
Izoh: Bu ilk bor SamDU Urgut filialida 1-kursdan 2-kursga o‘tayotgan talabalarga tatbiq qilinadi. Va ushbu kursdan boshlab endi talabalar har yili bilim darajasi hamda ijtimoiy faolligiga ko'ra “Davlat granti” da qoldiriladi yoki “To'lov shartnoma” asosida o‘qiyotgan talaba yuqori natijasiga asosan “Davlat granti” ga o‘tkaziladi.