SamDU Urgut filialida bitiruvchi talabalar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Mart 27, 2025 / Ko'rildi 185
SamDU Urgut filiali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14 fevraldagi PQ-61-son qaroriga muvofiq yoshlarning bandligini ta’minlash, oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining mehnat bozoriga integratsiyasini kuchaytirish maqsadida bitiruvchi talabalar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Mazkur yig‘ilishda, O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Shavkat Berdiyev, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Dilmurod Mardonov hamda “O‘zmilliybank” AJ boshqaruvi mas’ul xodimi Shermuhammad G‘aniyevlar ishtirok etib, “Kelajakka qadam” dasturi doirasida bank tomonidan ishlab chiqilgan moliyaviy xizmatlar, zamonaviy bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari, jumladan, bank ilovasi orqali amalga oshiriladigan operatsiyalar haqida atroflicha tushunchalar berildi. Shuningdek, ta’lim krediti olish jarayoni, shartlari va kredit ajratish tartibi, mobil ilovada, onlayn to‘lovlar va kredit muddatlari, ta'lim krediti olish tartib-qoidalari, zaruriy hujjatlar va imtiyozlar haqida talaba-yoshlarga tushunchalar berildi.