SamDU Urgut filialida “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, NAVROʻZ!” shiori ostida bayram sayli bo‘lib o‘tdi
Mart 20, 2025 / Ko'rildi 191
Mazkur tadbirni Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o'rinbosari Zikirillo Yazdonov kirish so'zi bilan ochib, “Navroʻz – tabiat uyg‘onishi, inson qalbida yangi orzu-umidlarning jo‘sh urishi, mehr-oqibat va bag‘rikenglikni ulug‘lovchi bayramdir. Ushbu qutlug‘ kunda xalqimiz asrlar davomida saqlab kelayotgan milliy an’analarimiz, urf-odatlarimiz yanada bardavom bo‘lishini tilayman. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, ishlarimiz barakali bo‘lsin. Sizlarga sihat-salomatlik, o‘qish va ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar, oilalaringizga baxt va farovonlik tilayman!”—dedi direktorning birinchi o‘rinbosari Zikirillo Yazdonov.