logo
Loading

Yangiliklar

SamDU Urgut filialida “Salom, bahor—salom Navro'z“ nomli bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Mart 19, 2025 / Ko'rildi 180

       Mazkur tadbirni, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari Zikirillo Yazdonov kirish so'zi bilan ochib, “Bahor fasli inson qalbiga yangi umid, shodlik va quvonch olib kiradi. Tabiat yashnab, daraxtlar kurtak ochib, qushlar sayrab, butun olam yangilanish sari yuz tutadi. Qolaversa, Navro‘z qadimiy, ezgulik va mehr-oqibat timsoli bo‘lib, millatimizning boy madaniyati va an’analarini o‘zida mujassam etgan. U faqatgina faslning kelishi emas, balki yangi hayot, yangi orzu-umidlar, tinchlik va farovonlik ramzi hamdir. Barchamizga Yangi yil, yangi fasl, omad va baxt olib kelsin!”—dedi direktorning birinchi o‘rinbosari Zikirillo Yazdonov.

Tadbir davomida talabalar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar talaba-yoshlarga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.

 

 

 

 

 

 

So'nggi yangiliklar