“Muvaffaqiyatli bandlik – sifatli taʼlimning ishonchli kafolati!” shiori ostida tadbir tashkil etildi.
Iyun 13, 2025 / Ko'rildi 155
SamDU Urgut filialida yoshlarga oid davlat siyosatini samarali amalga oshirish, bitiruvchi talabalarning mehnat bozoriga tayyorligini oshirish va ularning bandligini taʼminlash maqsadida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Muvaffaqiyatli bandlik – sifatli taʼlimning ishonchli kafolati!” shiori ostida tadbir tashkil etildi.
Uchrashuv davomida bugungi mehnat bozori talablari, bo‘sh ish o‘rinlari, professional ko‘nikmalarni rivojlantirish yo‘llari, amaliyot va ishga joylashish imkoniyatlari hamda vacancy.argos.uz platformasidan foydalanish mexanizmlari haqida batafsil maʼlumotlar berildi.