SamDU Urgut filialida bitiruvchi talabalari uchun bitiruv malakaviy ishi himoyasi bo‘lib o‘tdi
Iyun 19, 2025 / Ko'rildi 143
SamDU Urgut filialida pedagogika va jismoniy madaniyat kafedrasi, maktabgacha va boshlang‘ish ta’lim yo‘nalishi bitiruvchi talabalari uchun bitiruv malakaviy ishi himoyasi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirni pedagogika va tillarni o‘qitish fakulteti dekani O‘tkir Badalov kirish so‘zi bilan ochib, bitiruvchilarni ushbu muhim bosqich bilan tabriklab, ularning ilmiy izlanishlari va kasbiy tayyorgarligi yuqori darajada bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. Shuningdek, bugungi kunda maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim sohasida malakali kadrlar tayyorlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligini alohida qayd etdi.
Himoya jarayonida talabalar o‘z mavzulari bo‘yicha tayyorlagan ilmiy ishlari bilan chiqish qilib, komissiya a’zolarining savollariga asosli javoblar berdilar. Tadbir davomida bitiruvchilarning ilmiy-tadqiqot ishlari, ularda ilgari surilgan yangilik va takliflar, ularning amaliy ahamiyati alohida e’tirof etildi.