logo
Loading

Yangiliklar

SamDU Urgut filialida “Direktor kubogi” sport musobaqalarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Aprel 22, 2025 / Ko'rildi 279

    Tadbirda, direktor o‘rinbosarlari, fakultet dekanlari, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar faol ishtirok etdi.

 

 

 

      Shuningdek tadbirni O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Shavkat Berdiyev krish so'zi bilan ochib, bugungi kunda mamlakatimizda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, yoshlarning jismoniy tarbiyasi va sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanganini ta’kidladi.

 

 

   “Bu kabi musobaqalar nafaqat jismoniy salohiyatni namoyish etish, balki jamoaviylik, iroda, qat’iyat va halollik kabi yuksak insoniy fazilatlarni targ‘ib etishga xizmat qiladi. Har bir ishtirokchining mehnati, tayyorgarligi va harakatlari — g‘alabaga eltuvchi yo‘ldagi eng muhim qadamlardir. Shuningdek, “Direktor kubogi” do‘stona raqobat, o‘zaro hurmat, sog‘lom hayot tarzini targ‘ib etish orqali bizni yanada birlashtiradi.”— dedi direktor o‘rinbosari Shavkat Berdiyev.

 

 

So'nggi yangiliklar