logo
Loading

O'quv-uslubiy bo'lim boshlig'i

Ulug‘murodov Elmurod Berdimurod o‘g‘li

  •  Qabul vaqti: Dushanba, chorshanba juma kunlari 14:00 dan 17:00 gacha
  •  Telefon: +998912998999
  •  Elektron pochta: uelmurod89@gmail.com

Mehnat faoliyati

 

2012-2016 yy - Samarqand davlat universiteti talabasi

2016-2018 yy - Samarqand davlat universiteti magistranti

2017-2018 yy. - Samarqand davlat universiteti gidrometeorologiya kafedrasi kabinet mudiri

2018-2020 yy. - Samarqand davlat universiteti gidrometeorologiya kafedrasi assistenti

2020-2022 yy. - Samarqand davlat universiteti Gidrometeorologiya kafedrasi doktoranti

2023-2023 yy. - Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining Urgut filiali   pedagogika va tillarni o‘qitish fakulteti  o‘quv ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari

2023 y. h.v.  - Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining Urgut filiali o‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i 

Lavozim vazifalari

  • O‘quv-uslubiy ishlar bo‘yicha bosh bo‘lim xodimlarining faoliyatini tashkil qilish, bo‘lim xodimlariga o‘z vazifalarining ijrosi bo‘yicha uslubiy-amaliy yordam ko‘rsatish va xizmat vazifalarini talab darajasida bajarilishini nazorat qilish;
  • o‘quv-uslubiy ishlar bo‘yicha bosh bo‘limning yillik ish rejasini tuzish;
  • filial Ilmiy kengashi ishida ishtirok etish;
  • o‘quv ishlariga doir Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buyruq va ko‘rsatmalari, filial Ilmiy kengashi qarorlarini filial miqyosida joriy etish bo‘yicha direktor buyruq va farmoyishlari loyihasini tayyorlash;
  • yo‘nalish va mutaxassisliklar bo‘yicha fanlarning o‘quv-uslubiy adabiyotlar va malakali mutaxassislar bilan ta’minlanish darajasini tahlil qilish ishlarini tashkil etish;
  • filial Ilmiy kengashi, dekanlar yig‘ilishiga o‘quv ishlariga doir axborotlar va ma’lumotlarni tayyorlash;
  • o‘quv-uslubiy ishlarga doir direktor buyruq, farmoyish va ko‘rsatmalarini fakultetlarda ijrosini nazorat qilish;
  • yangi o‘quv yili o‘quv jarayonini tashkil qilish rejasini tuzadi va uning ijrosi bo‘yicha fakultetlar faoliyatini muvofiqlashtish;
  • ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yillik ishchi o‘quv rejalarini ko‘rib chiqish va tasdiq uchun tayyorlash;
  • filial lbo‘yicha o‘quv yuklamalari hajmi va mavjud shtat birliklari miqdori asosida professor-o‘qituvchilarning lavozimlari bo‘yicha o‘quv yuklamalari me’yorini belgilash va tasdiqdan o‘tkazish;
  • kafedra ish hajmining professor-o‘qituvchilarga taqsimlanish sifati ustidan nazorat o‘rnatish, bu bo‘yicha kafedra yig‘ilishi qarori asosida direktor buyrug‘i loyihasini tayyorlash;
  • kafedralar o‘quv yuklamasi va shtat birliklari o‘rtasida muvofiqlik bo‘lishi chorasini ko‘rish, kafedraga shtat ajratish yoki shtatni qisqartirish haqida taklif berish;
  • fakultetlar taklifi va o‘quv rejalari asosida filial o‘quv grafigini tuzish va bu bo‘yicha direktor buyrug‘i loyihasini tayyorlash;
  • “professor-o‘qituvchilar va o‘quv jarayoni haqida talabalar fikrini o‘rganish maqsadida so‘rovnomalar tashkil qilish, fakultetlar tahlilini filial miqyosida umumlashtirib, xulosa chiqarish ishlarini amalga oshirish;
  • o‘quv-uslubiy jarayonini tashkil etish hamda nazorat ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari va o‘quv-yordamchi xodimlariga uslubiy yordam ko'rsatish:
  • o‘quv-uslubiy jarayonni tashkil etish va nazorat qilish ishlari bo‘yicha fakultet va kafedralar uchun uslubiy ko‘rsatmalar tayorlash ishlarini tashkil qilish;

So'nggi yangiliklar