Bosh buxgalter
TIRKASHOV ORIF MAXMITOVICH
- Qabul vaqti: Dushanba va juma kunlari 09:00 dan 12:00 gacha
- Telefon:
- Elektron pochta:
Mehnat faoliyati
2011-2014 yy - Oqdaryo xizmat ko‘rsatish kollejida o‘qituvchi
2014-2015 yy - Oqdaryo Ozodbek oilaviy korxonasi hisobchisi
2015-2022 yy - Samarqand davlat universiteti 1-toifali hisobchi
2022-y. - h.v .- Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining Urgut filiali bosh buxgalteri
Bosh hisobchining asosiy vazifalari:
- buxgalteriya hisobini normativ-huquqiy hujjatlarga amal qilgan holda yuritadi, shuningdek, hisob ishlarini zamonaviy texnik vositalar va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda tashkil etadi;
- buxgalteriya hujjatlarini o‘z vaqtida va to‘g‘ri rasmiylashtirilishini hamda amalga oshirilayotgan operatsiyalarning qonuniyligini oldindan nazorat qiladi;
- byudjet mablag‘larini, shuningdek, byudjetdan tashqari mablag‘larni harajatlar smetasida ko’zda tutilgan muayyan maqsadlarga to‘g‘ri sarflanishi, shuningdek, pul mablag‘lari va moddiy qimmatliklarning butligi ustidan muntazam nazorat qiladi;
- tashkilotda hodimlarning ish haqlarini va unga tenglashtirilgan to‘lovlarini, shuningdek, ta’lim muassasalarida talabalarning stipendiyalarini belgilangan tartibda hamda o‘z vaqtida hisoblab chiqilishini tashkil etadi;
- smeta ijrosi jarayonida vujudga keladigan yuridik va jismoniy shaxslar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarni o‘z vaqtida amalga oshiradi;
- pul mablag‘lari, hisob-kitoblar va moddiy qimmatliklar, shuningdek, boshqa aktivlarni va majburiyatlarni inventarizatsiya qilishda qatnashadi, inventarizatsiya natijalarini o‘z vaqtida va to‘g‘ri rasmiylashtiradi hamda ularni buxgalteriya hisobida aks ettiradi;
- moddiy javobgar shaxslarga ularning javobgarligida turgan moddiy qimmatliklarning butligini saqlash va hisobini olib borish yuzasidan tushuntirish ishlari o‘tkazilishini tashkil etadi;
- moddiy qimmatliklarni olish uchun berilgan ishonchnomalarni hisobini yuritilishini va ulardan to‘g‘ri foydalanilishini nazorat qiladi;
- moliyaviy hisobotlarni belgilangan muddatlarda tuzadi va topshiradi;
- asosiy vositalar hamda boshqa moddiy qimmatliklarni ularning saqlanish va foydalanish joylarida butligini muntazam nazorat qilinishini ta’minlaydi;
- buxgalteriya hujjatlarini, hisob registrlarini saqlaydi;
- mansabdor shaxslar tomonidan noqonuniy hatti-harakatlar qilinayotgani ma’lum bo‘lib qolgan hollarda, tegishli chora ko‘rish uchun bu haqda institut rektoriga yozma axborot beradi;
- bosh hisobchi buxgalteriya bo‘limi xodimlari uchun xizmat vazifalarini har bir xodim uchun alohida belgilaydi;
- qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajarilishini ta’minlaydi.