logo
Loading

Bosh buxgalter

TIRKASHOV ORIF MAXMITOVICH

  • Qabul vaqti: Dushanba va juma kunlari 09:00 dan 12:00 gacha
  • Telefon: 
  • Elektron pochta: 

Mehnat faoliyati

2011-2014 yy -   Oqdaryo xizmat ko‘rsatish kollejida o‘qituvchi

2014-2015 yy -   Oqdaryo Ozodbek oilaviy korxonasi hisobchisi

2015-2022 yy -   Samarqand davlat universiteti 1-toifali hisobchi

2022-y. - h.v  .-  Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining Urgut filiali bosh buxgalteri

 

Bosh hisobchining asosiy vazifalari:

- buxgalteriya hisobini normativ-huquqiy hujjatlarga amal qilgan holda yuritadi, shuningdek, hisob ishlarini zamonaviy texnik vositalar va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda tashkil etadi;

- buxgalteriya hujjatlarini o‘z vaqtida va to‘g‘ri rasmiylashtirilishini hamda amalga oshirilayotgan operatsiyalarning qonuniyligini oldindan nazorat qiladi;

- byudjet mablag‘larini, shuningdek, byudjetdan tashqari mablag‘larni harajatlar smetasida ko’zda tutilgan muayyan maqsadlarga to‘g‘ri sarflanishi, shuningdek, pul mablag‘lari va moddiy qimmatliklarning butligi ustidan muntazam nazorat qiladi;

- tashkilotda hodimlarning ish haqlarini va unga tenglashtirilgan to‘lovlarini, shuningdek, ta’lim muassasalarida talabalarning stipendiyalarini belgilangan tartibda hamda o‘z vaqtida hisoblab chiqilishini tashkil etadi;

- smeta ijrosi jarayonida vujudga keladigan yuridik va jismoniy shaxslar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarni o‘z vaqtida amalga oshiradi;

- pul mablag‘lari, hisob-kitoblar va moddiy qimmatliklar, shuningdek, boshqa aktivlarni va majburiyatlarni inventarizatsiya qilishda qatnashadi, inventarizatsiya natijalarini o‘z vaqtida va to‘g‘ri rasmiylashtiradi hamda ularni buxgalteriya hisobida aks ettiradi;

- moddiy javobgar shaxslarga ularning javobgarligida turgan moddiy qimmatliklarning butligini saqlash va hisobini olib borish yuzasidan tushuntirish ishlari o‘tkazilishini tashkil etadi;

- moddiy qimmatliklarni olish uchun berilgan ishonchnomalarni hisobini yuritilishini va ulardan to‘g‘ri foydalanilishini nazorat qiladi;

- moliyaviy hisobotlarni belgilangan muddatlarda tuzadi va topshiradi;

- asosiy vositalar hamda boshqa moddiy qimmatliklarni ularning saqlanish va foydalanish joylarida butligini muntazam nazorat qilinishini ta’minlaydi;

- buxgalteriya hujjatlarini, hisob registrlarini saqlaydi;

- mansabdor shaxslar tomonidan noqonuniy hatti-harakatlar qilinayotgani ma’lum bo‘lib qolgan hollarda, tegishli chora ko‘rish uchun bu haqda institut rektoriga yozma axborot beradi;

- bosh hisobchi buxgalteriya bo‘limi xodimlari uchun xizmat vazifalarini har bir xodim uchun alohida belgilaydi;

- qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajarilishini ta’minlaydi.

So'nggi yangiliklar