Методика преподавания естественных наук
Kafedra mudiri
FAYZIYEV ELYOR ALIYEVICH
- Qabul vaqti: Har kuni 9:00 dan 16:00 gacha
- Telefon: +99897 923 27 78
- Elektron pochta: elyorfayziyev151@gmail.com
MEHNAT FAOLIYATI
2010-2014 yy. - Samarqand davlat universiteti talabasi
2014-2016 yy. - Samarqand davlat universiteti magistranti
2016-2017 yy. - Urgut Agroservis kasb-hunar kolleji o‘qituvchisi
2017-2018 yy. - Urgut Agroservis kasb-hunar kolleji bo‘lim boshlig‘i
2018–2019 yy.- Samarqand davlat universiteti Geografiya va ekologiya fakulteti Geografiya va tabiiy resurslar kafedrasi kabinet mudiri
2019–2020 yy. - Samarqand davlat universiteti Geografiya va ekologiya fakulteti Geografiya va tabiiy resurslar kafedrasi assistenti
2021-2023 yy. - Samarqand davlat universiteti Geografiya va tabiiy resurslar kafedrasi tayanch doktoranti
2024y 13-yanvardan 2024y 03-oktyabrgacha - Samarqand davlat universiteti Ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi assistenti.
2024 y 4-oktyabrdan 2024 y 18-oktyabrgacha Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Urgut filiali Tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi kafedrasi assistenti
2024 y 18 oktyabrdan –h.v. Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Urgut filiali Tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri
KAFEDRA MUDIRI LAVOZIM VAZIFALARI:
Tabiiy fanlarni o'qitish metodikasi kafedrasi a'zolari
![]() |
Muxamadiev Nurali Qurbonalievich Nurali Muxamadiev kimyo fanlari doktori, professor. 1987 yilda nomzodlik, 2012 yilda “Xromatografiyada maqbullashtirish va identifikatsiyalashning fizik-kimyoviy asoslari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 6 darslik, 8 o‘quv qo‘llanmalar muallifi. 450 dan ziyod ilmiy ishlari chop etilgan. 1 patent va 2 dasturiy ta’minot uchun mualliflik guvohnomasi olgan. 1 fundamental va 3 amaliy davlat grantlariga ilmiy rahbarlik qilgan... |
|
Samiyev Rajab Akbarovich Samarqand davlat universitetining Urgut filiali "Tabiiy fanlarni o'qitish metodikasi" kafedrasi assistenti, 2024-yil sentyabridan buyon mazkur kafedrada faoliyat yuritadi. Samiyev Rajab Akbarovich Organik kimyo - 02.00.03. ixtisosligi bo’yicha 1989-yil 2-iyunda "Синтез и свойства 2-амино(тиоксо)хиназолонов-4 и их производных" mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, SSSR Ministrlar Soveti huzuridagi OAK tomonidan 1989-yil 2-noyabrda kimyo fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega bo’ldi. Samiyev Rajab Akbarovich "2-Amino(tiokso)xlnazolon-4 va ular hosilalarining kimyoviy xossalari hamda biologik faolligi" (Organik kimyo - 02.00.03.) mavzusida ilmiy tadqiqot olib boradi. 2024-yildagi faoliyati davomida xorijiy - Austrian Journal of Technical and Natural Sciences (2 ta) va Respublika ilmiy jurnallarda (1 ta) jami - 3 ta, shuningdek, xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarda 4 ta tezislari bilan ishtirok etgan. |
![]() |
Muxamadiev Аbduqodir Nuralievich Kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 2020 yilda “Muvozanatdagi faza xromatografiyasining fizik-kimyoviy asoslari” mavzusida kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan. 1 darslik, 1 o‘quv qo‘llanma, 2 monografiya muallifi. 70 dan ziyod ilmiy ishlari chop etilgan, 2 dasturiy ta’minot uchun mualliflik guvohnomasi olgan, 1 fundamental va 2 amaliy davlat grantlarini bajarishda ishtirok etgan. |
![]() |
Xursandov Hamidillo Fayzillo o‘g‘li Samarqand davlat universitetining Urgut filiali “Tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi. 2024-yildan buyon mazkur kafedrada faoliyat yuritadi. Hamidillo Xursandov Elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi (ta’lim sohalari va bosqichlari bo‘yicha) ilmiy yo‘nalishida, “Suniy intellekt vositasida axborot texnologiyalari fanini o’qitish metodikasi” mavzusida ilmiy tadqiqot olib boradi. Hamidillo Xursandov faoliyati davomida 2 ta o‘quv qo‘llanma va 6 ta uslubiy ko‘rsatmalar muallifi. Respublika va xorijiy ilmiy jurnallarda 9 ta, shuningdek, respublika va xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarida 13 ta tezislari bilan ishtirok etgan. |
![]() |
Ruziev Ilyos Xakimovich Kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 2021 yilda “Izoxinolin qatori moddalarining yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi” kimyo fanlari bo‘yicha (PhD) falsafa doktori dissertatsiyasini himoya qilgan. 2 o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar mualifi. 1 o‘quv qo‘llanma va 50 dan ortiq ilmiy ishlari chop etilgan. 2 davlat grantlariga a’zo bo‘lgan.
|
|
Barakayev Akmal Musurmonovich Samarqand davlat universiteti Urgut filiali "Tabiiy fanlarni o'qitish metodikasi" kafedrasi assistenti 2024-yildan buyon mazkur kafedrada faoliyat yuritadi. Akmal Barakayev faoliyati davomida respublika va xalqaro ilmiy-amaliy konferinsiyalarda 2 ta tezislari bilan ishtirok etgan. |
|
Voxidov Azizjon Rauf o‘g‘li Samarqand davlat universitetining Urgut filiali “Tabiiy fanlarni o'qitish metodikasi” kafedrasi assistenti. 2024 yildan buyon mazkur kafedrada faoliyat yuritadi. Voxidov Azizjon “Nanokimyo, nanofizika va nanotexnologiya” ilmiy yo‘nalishida, "CdSe/ZnS kvant nuqtalarini soponinlarni sirt faol moddalar sifatida qo‘llab sintezi va optik o‘lcham xossalari” mavzusida ilmiy tadqiqot olib boradi. Voxidov Azizjon faoliyati davomida 2 ta uslubiy qo‘llanma muallifi. Respublika va xorijiy ilmiy jurnallarda 2 ta, shuningdek, respublika va xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarida 12 ta tezislari bilan ishtirok etgan. |
![]() |
Ahtamqulov Muhriddin Ahtamqul o‘g‘li Samarqand davlat universiteti Urgut filiali “Tabiiy fanlarni o'qitish metodikasi” kafedrasi assistenti 2024-yildan buyon mazkur kafedrada faoliyat yuritadi. Muhriddin Ahtamqulov 13.00.06-Elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi (ta’lim sohalari va bosqichlari boʻyicha) ixtisosligi bo‘yicha “Raqamli ta’lim muhitida algoritmik tillar va dasturlash kursini o‘qitish metodikasini takomillashtirish” mavzusida ilmiy tadqiqot olib bormoqda. Muhriddin Ahtamqulov faoliyati davomida 1 ta o'quv qo'llanma va 5 ta uslubiy ko'rsatmalar muallifi. Respublika va xorijiy ilmiy jurnallarda 10 ta, shuningdek respublika va xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarda 14 ta tezislari bilan ishtirok etgan. |
|
Siddiqova Yulduz Xusanovna. Samarqand davlat universiteti Urgut filiali Biznesni boshqarish va tabiiy fanlar fakulteti Tabiiy fanlarni ukitish metodikasi kafedrasi assitsenti. 2024-yil mart oyidan buyon ushbu kafedrada faoliyat kursatadi. "Rayxon usimligi tanasida efir moyining tuplanish dinamikasi" mavzusida ilmiy tadqiqot olib boradi. 2024-yildagi faoliyati davomida 1ta OАK ruyxatidagi jurnalda maqola, 4 ta Xalqaro ilmiy amaliy koferentsiyada tezis, 2 ta Xalqaro ilmiy jurnalda maqolasi bilan ishtirok etgan. |
Tabiiy fanlarni o'qitish metodikasi kafedrasi faoliyati




