Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining Urgut filiali direktori
Yarashev Quvondiq Safarovich
- Qabul vaqti: Juma 14:00 dan 17:00 gacha
- Telefon:
- Elektron pochta: direktor@samduuf.uz
MEHNAT FAOLIYATI
- 1995 - 1999 yy. - Samarqand davlat universiteti talabasi
- 2000 - 2001 yy. - Samarqand davlat universiteti geografiya fakulteti laboranti
- 2001 - 2003 yy. - Samarqand davlat universiteti magistranti
- 2003 - 2007 yy. - Samarqand davlat universiteti tabiiy geografiya va geoekologiya kafedrasi aspiranti, assistenti
- 2007 - 2012 yy. - Samarqand davlat universiteti gidrometeorologiya va landshaftshunoslik kafedrasi assistenti
- 2012 - 2015 yy. - Samarqand davlat universiteti gidrometeorologiya va landshaftshunoslik kafedrasi mudiri
- 2015 - 2016 yy. - Samarqand davlat universiteti gidrometeorologiya kafedrasi mudiri
- 2016 - 2016 yy. - Samarqand davlat universiteti gidrometeorologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi
- 2017 - 2018 yy. - Samarqand davlat universiteti gidrometeorologiya kafedrasi katta ilmiy xodim - izlanuvchisi
- 2018 - 2019 yy. - Samarqand davlat universiteti gidrometeorologiya kafedrasi dotsenti
- 2019 - 2022 yy. - Samarqand davlat universiteti geografiya va tabiiy resurslar kafedrasi mudiri
- 2022 y. - h.v. - Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining Urgut filiali direktori.
Oliy ta’lim muassasasi filial direktori lavozim vazifalari:
- O’zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;
- Yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatli, mustaqil fikrlashga qodir bo’lgan, bozor sharoitida ishni tashkil etishning usullarini egallagan yuqori ma’lumotli malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash;
- Davlat ta’lim standartlari asosida yuqori malakali kadrlar tayyorlashni tashkil etish;
- Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Urgut filialida O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan vazifalar bajarilishini ta’minlash;
- Sharof Rashidov nomidagiSamarqand davlat universiteti Urgut filiali tarkibiy tuzilmasidagi barcha bo’linmalar vakolatlarini belgilab berish, faoliyatlarini rejalashtirish, muvofiqlashtirish, boshqarish, oliy ta’lim muassasasining boshqaruv lavozimlariga munosib kadrlarni tayyorlash, xodimlarni tanlash, rahbarlik lavozimiga tavsiya etish va ishga qabul qilish;
- Xodimlarni moddiy va ma’naviy rag’batlantirish, ijtimoiy muhofazasini ta’minlash, intizomiy jazo choralarini qo’llash;
- Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Urgut filiali daromadlari shakllantirilishi va ulardan samarali foydalanilishi ustidan nazorat qilish;vIlmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, ularning samaradorligini oshirish va tadqiqotlarning natijalarini amaliyotga keng joriy etish, oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarishning o’zaro integratsiyasini ta’minlash;
- Uzluksiz ta’lim tizimi uchun yangi avlod o’quv adabiyoti yaratish konsepsiyasi talablariga muvofiq darsliklar va o’quv-metodik adabiyotlar yaratilishi, tarjima qilinishi va nashr etilishini tashkil etish;
- O’quv-tarbiya jarayonida o’qitishning ilg’or shakllarini, shu jumladan, masofadan turib o’qitish, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;
- Ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarga rahbarlik qilish, xodimlar va talabalarda milliy g’oyani shakllantirish;
- Talabalikka, magistratura va stajyor-tadqiqotchi, izlanuvchi universitetga qabul qilish, o’qishdan chetlatish, tiklash, ichki tartibga rioya etilishini ta’minlash;
- Professor-o’qituvchilarning kasbiy malaka oshirishlarini ta’minlash;
- Talabalar, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar, ilmiy-pedagogik xodimlar uchun maishiy xizmat ko’rsatish va boshqa turdagi sharoitlarni tashkil etish, ularning ijtimoiy himoyasini ta’minlash;
- Fakultetlar va kafedralar faoliyati, o’quv jarayoni, ma’ruzalar, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari, o’quv va ishlab chiqarish amaliyotlari, boshqa turdagi mashg’ulotlar sifatining doimiy nazorat etilishini ta’minlash;
- Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Urgut filialida mutaxassislar tayyorlanadigan yo’nalish va ixtisosliklar sohasining rivojlanish istiqbollarini aniqlashga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish (ilmiy-amaliy konferensiyalar o’tkazish, xalqaro anjumanlarda ishtirok etish, axborot makonidan foydalanish sharoitlarini yaratish, fan-texnika, texnologiyalar rivojlanishiga taalluqli adabiyot, informatsion materiallarni keltirish), buning asosida davlat ta’lim standartlari, o’quv dasturlari, o’quv adabiyotlarini takomillashtirib borishni ta’minlash, ilmiy izlanishlarni yo’naltirib borish;
- Marketing xizmatini rivojlantirib, ta’lim yo’nalishi va ixtisosliklarga talab va ehtiyojni o’rganishni, bitiruvchilarni amalda ishga joylashishi tahlilini, mutaxassislarni maqsadli tayyorlash borasida hamkorlik shartnomalari tuzishni tashkil etish;
- Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Urgut filialining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va rivojlantirish tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, universitet Ilmiy Kengashiga rahbarlik qilish, universitetning tarkibiy tuzilishini takomillashtirish, tarkibiy bo’linmalarini tashkil etish, tugatish, o’zgartirish;
- Xorijiy hamkorlar bilan ilmiy-ijodiy aloqalarni rivojlantirish, investitsiya va grantlar jalb etilishini ta’minlash, qo’shma korxona (kafedra, ilmiy markaz, ilmiy tadqiqotlar, loyihalar va h.k.)lar tashkil etish faoliyatini amalga oshirish;
- Jamoat tashkilotlari, vasiylar kengashi va boshqa shu kabi nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik faoliyatini olib borish;
- Ta’lim jarayonini boshqarish bo’yicha vakolatli organlar tomonidan belgilangan boshqa vazifalar ijrosini ta’minlash.