Ta’lim sifatini nazorat qilish bo'limi boshlig'i
Hasanov Jasur Yusupovich
- Qabul vaqti: Seshanba, Payshanba (09:00-15:00)
- Telefon: +998995969739
- Elektron pochta: j-xasanov@samdu.uz
Mehnat faoliyati
2006 - 2010 yy. - Qo‘qon davlat pedagogika instituti talabasi
2010 - 2012 yy. - Samarqand davlat universiteti magistranti
2012 - 2014 yy. - Samarqand davlat universiteti iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kafedrasi kabinet mudiri
2014 - 2015 yy. - Samarqand davlat universiteti iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kafedrasi assistenti
2015 - 2017 yy. - Samarqand davlat universiteti geografiya kafedrasi assistenti
2017 - 2018 yy. - Samarqand davlat universiteti geografiya kafedrasi kabinet mudiri
2019 – 2021 yy - Samarqand davlat universiteti tayanch doktoranti
2022 – yy - Samarqand davlat universiteti geografiya va tabiiy resurslar kafedrasi assistenti
2022-2023 yy - Sh.Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Urgut filiali Pedagogika va tillarni o‘qitish fakulteti yoshlar bilan ishlash, manaviy-marifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari.
2023 – yy. Sh.Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Urgut filiali Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i.
Lavozim vazifalari
-
ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarning davlat ta’lim standartlari (DTS), malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlari bilan ta’minlanganligini tahlil etish va ularni ekspertiza qilish;
-
filialda ta’lim jarayoni sifatini, uning o‘quv adabiyotlari va o‘quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlanganlik darajasini o‘rganish;
-
filial talabalari bilimlarining DTSga muvofiqligini o‘rganib borish, tahlil qilish;
-
ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash;
-
kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish;
-
filialni ichki attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil etish, natijalari bo‘yicha ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, ma’lumotlarni institut rektoriga hamda Davlat inspeksiyasiga taqdim etish;
-
attestatsiya, ta’lim sifatini o‘rganish bilan bog‘liq jarayonlarda institutda aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarni o‘z vaqtida bartaraf etilishi ustidan nazorat o‘rnatish;
-
ta’lim sifatini belgilovchi ko‘rsatkichlarning holatini monitoring qilish va aniqlangan muammolar va kamchiliklar yuzasidan tegishli tarkibiy tuzilmalarga takliflar berish;
-
ta’lim sifatini oshirish maqsadida professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish jarayonida zamonaviy usullar va uslublardan foydalanish samaradorligini tahlil qilish;
-
filialning tarkibiy tuzilmalarida (fakultet, kafedra, bo‘lim, markaz, akademik litsey) pedagog xodimlarning kasbiy malakasi holatini, shuningdek oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash yo‘nalishlaridagi sifat darajasini aniqlash maqsadida ichki monitoringni o‘tkazish, tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash, aniqlanagan kamchilik va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha filial rahbariyatiga takliflar kiritish;
-
filial professor-o‘qituvchilari tayanch ma’lumotlarining tegishli dars beradigan fan(lar)iga mosligini tahlil qilish yoki ularning tegishli qayta tayyorlashdan o‘tganligini yoki mos ixtisoslik bo‘yicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini o‘rganish va xulosalarni institut rektoriga ma’lum qilish;
-
filialning o‘quv jarayoni, ilmiy-tadqiqot va ilmiy-uslubiy ishlar rejalarining bajarilishini monitoring qilish;
-
ta’lim jarayoni moddiy-texnik bazasi holatini tahlil qilish, uni rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar berish;
-
filialda talabalar amaliyotining ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarni inobatga olingan holda tashkil etilganligini va uning samarasini nazorat qilish;
-
Davlat inspeksiyasining topshirig‘iga binoan institut reytingini aniqlashga va baholashga oid ma’lumotlarni to‘plashda, o‘tkaziladigan attestatsiya va ta’lim sifatini o‘rganish bilan bog‘liq jarayonlarda ishtirok etish;
-
talabalar bilimini baholash jarayonini tahlil qilish asosida reyting ballarining xolisligini, shaffofligini va sifat darajasini baholash;
-
filialdagi ijtimoiy muhit, kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini o‘rganish maqsadida doimiy ravishda talaba, ota-ona, professor-o‘qituvchi va kadrlar iste’molchilari o‘rtasida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish;
-
bo‘lim xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamg‘armasi yoki xalqaro loyihalar va Institut hisobidan rivojlangan xorijiy davlatlarning nufuzli o‘quv va ilmiy markazlari tajribasini o‘rganish va ularni ta’lim jarayoniga tadbiq etish;
-
filial reytingini xalqaro darajaga ko‘tarishga qaratilgan chora-tadbirlarni institut rahbariyati bilan birgalikda ishlab chiqish va uni ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etish;
-
filial tegishli tarkibiy tuzilmalari bilan hamkorlikda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan o‘quv seminarlari va treninglarni o‘tkazish;
-
filialda jamoatchi ekspertlar bazasini shakllantirish va ular bilan qo‘yilgan vazifalar doirasida seminar mashg‘ulotlarini muntazam ravishda o‘tkazib borish;
-
o‘quv jarayoni bilan ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsion hamkorlik, innovatsion g‘oyalar, ishlanma va texnologiyalarning amaliy tatbig‘i masalalari monitoringini yuritish;
-
filial Kengashida, davra suhbatlari va anjumanlarda bo‘lim tomonidan ta’lim sifatini oshirishga oid amalga oshirilgan o‘rganish va monitoring natijalari to‘g‘risida ma’lumotlar berib borish;