logo
Loading

Ekofaol talabalar

 SamDU Urgut filialida “Eko-innovation – 2025” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. 

🗣 Tabiatni asrash, ekologik muammolarga zamonaviy yechim topish hamda innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilgan ushbu ko‘rgazmada talaba va tadqiqotchilar o‘z ishlanmalari, startap loyihalari va yangicha qarashlarini taqdim etdilar.

♻️ Ishtirokchilar ekologik muammolarni bartaraf etish, chiqindilarni qayta ishlash, energiya tejamkor texnologiyalar va yashil iqtisodiyot konsepsiyasi bo‘yicha qiziqarli g‘oyalar bilan o‘rtoqlashdilar.

✨ Tadbir nafaqat talabalarning kreativ fikrlashini namoyon etdi, balki ularni atrof-muhitga befarq bo‘lmaslik, innovatsion yechimlar orqali yashil kelajakni barpo etishga chorlovchi muhim maydonga aylandi.

 

 

 

 


Mahallani chiqindidan xoli hududga aylantiramiz!

  SamDU Urgut filialining ekofaol talabalari va “O‘zbekiston ekovolontyor talabalari harakati” a’zolari tomonidan ekologik ongni yuksaltirish, yashash hududlarini yanada obod qilish maqsadida navbatdagi obodonlashtirish aksiyasi o‘tkazildi.

 “Mahallani chiqindidan xoli hududga aylantiramiz” shiori ostida tashkil etilgan ushbu tashabbus doirasida atrof-muhit tozalandi, chiqindilar saralandi hamda ko‘plab yashil hududlarga alohida e’tibor qaratildi.

 

 

 

 

 


 

Mahallani chiqindidan xoli hududga aylantiramiz!

🌿 SamDU Urgut filialida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida o‘qituvchilari, xodimlari va talabalari tomonidan ekologik ongni yuksaltirish, yashash hududlarini yanada obod qilish maqsadida navbatdagi obodonlashtirish aksiyasi o‘tkazildi.

 

 

 

Mahallani chiqindidan xoli hududga aylantiramiz!

SamDU Urgut filiali o‘qituvchi-xodimlari va talabalari ishtirokida “Mahallani chiqindidan xoli hududga aylantiramiz” shiori ostida obodonlashtirish aksiyasi bo‘lib o‘tdi. 

 

 

 

SamDU Urgut filialida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida pedagogika va tillarni o‘qitish fakulteti dekani hamda bir qator talabalar hamrohligida Markaziy Osiyodagi eng katta qumli cho‘l Qizilqum cho‘lida bo‘lishdi. 

 

 

 

SamDU Urgut filialida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Pedagogika va tillarni o‘qitish fakulteti dekani O‘tkir Badalov hamda bir qator talabalar hamrohligida Amudaryo daryoning quyi oqimida bo‘lishdi. 

 

 

SamDU Urgut filialida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida talabalarning nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash maqsadida navbatdagi amaliy mashg‘ulot Kamangaron suv ombori hududida tashkil etildi.

 

 

SamDU Urgut filiali hududidagi "Ziyolilar bog‘i"da ko‘chat ekish jarayonlari boshlandi. Filialning professor-o‘qituvchilari va talabalari tomonidan manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish jarayonlari hamda  obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda.

 

 

 

 

 

 

    SamDU Urgut filiali hududida yashil hududlarni kengaytirish orqali mamlakatimizda ekologik holatni yanada yaxshilash maqsadida  "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida  manzarali daraxt ko'chatlari ekish ishlari amalga oshirildi.

 

 

 

 

 

 

 

So'nggi yangiliklar