O'quv-uslubiy bo'lim boshlig'i
- Qabul vaqti: Dushanba, chorshanba juma kunlari 14:00 dan 17:00 gacha
- Telefon:
- Elektron pochta:
Mehnat faoliyati
Lavozim vazifalari
- O‘quv-uslubiy ishlar bo‘yicha bosh bo‘lim xodimlarining faoliyatini tashkil qilish, bo‘lim xodimlariga o‘z vazifalarining ijrosi bo‘yicha uslubiy-amaliy yordam ko‘rsatish va xizmat vazifalarini talab darajasida bajarilishini nazorat qilish;
- o‘quv-uslubiy ishlar bo‘yicha bosh bo‘limning yillik ish rejasini tuzish;
- filial Ilmiy kengashi ishida ishtirok etish;
- o‘quv ishlariga doir Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buyruq va ko‘rsatmalari, filial Ilmiy kengashi qarorlarini filial miqyosida joriy etish bo‘yicha direktor buyruq va farmoyishlari loyihasini tayyorlash;
- yo‘nalish va mutaxassisliklar bo‘yicha fanlarning o‘quv-uslubiy adabiyotlar va malakali mutaxassislar bilan ta’minlanish darajasini tahlil qilish ishlarini tashkil etish;
- filial Ilmiy kengashi, dekanlar yig‘ilishiga o‘quv ishlariga doir axborotlar va ma’lumotlarni tayyorlash;
- o‘quv-uslubiy ishlarga doir direktor buyruq, farmoyish va ko‘rsatmalarini fakultetlarda ijrosini nazorat qilish;
- yangi o‘quv yili o‘quv jarayonini tashkil qilish rejasini tuzadi va uning ijrosi bo‘yicha fakultetlar faoliyatini muvofiqlashtish;
- ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yillik ishchi o‘quv rejalarini ko‘rib chiqish va tasdiq uchun tayyorlash;
- filial lbo‘yicha o‘quv yuklamalari hajmi va mavjud shtat birliklari miqdori asosida professor-o‘qituvchilarning lavozimlari bo‘yicha o‘quv yuklamalari me’yorini belgilash va tasdiqdan o‘tkazish;
- kafedra ish hajmining professor-o‘qituvchilarga taqsimlanish sifati ustidan nazorat o‘rnatish, bu bo‘yicha kafedra yig‘ilishi qarori asosida direktor buyrug‘i loyihasini tayyorlash;
- kafedralar o‘quv yuklamasi va shtat birliklari o‘rtasida muvofiqlik bo‘lishi chorasini ko‘rish, kafedraga shtat ajratish yoki shtatni qisqartirish haqida taklif berish;
- fakultetlar taklifi va o‘quv rejalari asosida filial o‘quv grafigini tuzish va bu bo‘yicha direktor buyrug‘i loyihasini tayyorlash;
- “professor-o‘qituvchilar va o‘quv jarayoni haqida talabalar fikrini o‘rganish maqsadida so‘rovnomalar tashkil qilish, fakultetlar tahlilini filial miqyosida umumlashtirib, xulosa chiqarish ishlarini amalga oshirish;
- o‘quv-uslubiy jarayonini tashkil etish hamda nazorat ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari va o‘quv-yordamchi xodimlariga uslubiy yordam ko'rsatish:
- o‘quv-uslubiy jarayonni tashkil etish va nazorat qilish ishlari bo‘yicha fakultet va kafedralar uchun uslubiy ko‘rsatmalar tayorlash ishlarini tashkil qilish;