logo
Loading

Filial tashkil etilishi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

Samarqand davlat universiteti faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan vazifalar ijrosini bosqichma-bosqich ta’minlash hamda Samarqand davlat universitetini ilmiy-texnologik va ijtimoiy rivojlantirish, raqobatbardosh ilmiy va pedagogik kadrlar tayyorlash, flagman oliy ta’lim muassasasi darajasiga olib chiqish maqsadida:
  1. Samarqand davlat universitetiga atoqli davlat va jamoat arbobi Sharof Rashidov nomi berilsin.
  2. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Innovatsion rivojlanish vazirligining Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida (keyingi o‘rinlarda — Universitet) Transformatsiya ofisini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
  • Transformatsiya ofisi quyidagilar uchun mas’ul etib belgilansin:
  • Universitetni transformatsiya qilish va kompleks rivojlantirish dasturini amalga oshirish hamda 2026-yilga qadar xalqaro tan olingan tashkilotlarning oliy ta’lim muassasalari reytingida birinchi 1000 talik ro‘yxatga kiritish;
  • Universitet faoliyatini raqamlashtirish hamda ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish;
  • Universitetni tanitish bo‘yicha milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari, Internet tarmog‘i va boshqa vositalar orqali targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish.
  • Belgilansinki, Transformatsiya ofisi rahbari lavozimi bo‘yicha Universitet prorektoriga tenglashtiriladi.
  1. Quyidagilar:
  • 2022 — 2025-yillarda Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetini kompleks rivojlantirish dasturi 1-ilovaga muvofiq;
  • Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetini 2025-yilga qadar rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari 2-ilovaga muvofiq;
  • Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti mutaxassislik kafedralarini ilmiy-tadqiqot muassasalari, tarmoq korxonalari va tashkilotlariga biriktirish jadvali 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
  1. Universitet tarkibida quyidagilar tashkil etilsin:
  • Agronomiya, biotexnologiya va oziq-ovqat xavfsizligi sohalarida kadrlar tayyorlovchi Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti (keyingi o‘rinlarda — Agrobiotexnologiyalar instituti);
  • Muhandislik, avtomatika, mexatronika, robototexnika, raqamli elektronika, elektrotexnika, mashinasozlik, materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi sohalarida kadrlar tayyorlovchi Muhandislik fizikasi instituti (keyingi o‘rinlarda — Muhandislik instituti);
  • Pedagogika, axborot texnologiyalari va hududda kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan boshqa sohalarda kadrlar tayyorlovchi Universitetning Urgut filiali (keyingi o‘rinlarda — Filial).
  1. Quyidagilar Agrobiotexnologiyalar instituti, Muhandislik instituti va Filialning asosiy faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin:
  • Mehnat bozorida raqobatbardosh, amaliy ko‘nikmalarni egallagan oliy ma’lumotli mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
  • Yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma ta’lim dasturlari va ilmiy loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, ta’lim jarayoniga ilg‘or pedagogik va masofaviy ta’lim texnologiyalarini, ilm-fan va texnikaning yangi yutuqlarini joriy etish;
  • o‘quv rejalarini tegishli sohalarning rivojlanish istiqbollari va ustuvor vazifalarini hisobga olgan holda shakllantirish, o‘quv va ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarining zamonaviy moddiy-texnika bazasini yaratish;
  • o‘quv jarayonini talabalarda mustaqil ta’lim olish, tizimli tahlil qilish, ijodiy fikrlash va amaliy, jumladan tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirish;
  • ilmiy-tadqiqot ishlarini yo‘lga qo‘yish, ishlab chiqarish tashkilotlarining muammolarini yechishga qaratilgan ilmiy, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni rivojlantirish;
  • ta’lim va ilmiy izlanishlar jarayoniga malakali mutaxassislarni jalb etish, respublika hamda yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;
  • talabalarga ta’lim olish va ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanish uchun shart-sharoit yaratish hamda chet el fuqarolari uchun ta’lim olish imkoniyatini kengaytirish;
  • ilmiy-pedagogik salohiyatni oshirib borish, jumladan professor-o‘qituvchilar stajirovkasi va malaka oshirishini nufuzli respublika va xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida tashkil etish.
  1. Belgilab qo‘yilsinki:
  • Agrobiotexnologiyalar instituti, Muhandislik instituti va Filialda ta’lim faoliyati 2022/2023 o‘quv yilidan boshlanadi hamda o‘quv jarayoni kredit-modul tizimi asosida olib boriladi;
  • Universitetning agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida ta’lim olayotgan talabalar o‘qishini Agrobiotexnologiyalar institutida davom ettiradi;
  • Universitetning fizika va matematika fakultetlari tarkibidagi amaliy bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida ta’lim olayotgan talabalar o‘qishini Muhandislik institutida davom ettiradi;
  • Filial Urgut tumanidagi umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘qituvchilariga ilmiy-uslubiy yordam ko‘rsatib boradi;
  • Agrobiotexnologiyalar instituti, Muhandislik institutining budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari hisobi Moliya vazirligi G‘aznachiligida ochilgan Universitetning shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida yuritiladi, Filial esa Moliya vazirligining G‘aznachiligida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga ega bo‘ladi;
  • Agrobiotexnologiyalar instituti, Muhandislik instituti va Filial direktori, direktor o‘rinbosari mehnatga haq to‘lash shartlari va miqdorlari bo‘yicha tegishli ravishda oliy ta’lim muassasasi filiali direktori va filial direktori o‘rinbosariga, boshqa xodimlar esa oliy ta’lim muassasalari xodimlariga tenglashtiriladi;
  • Agrobiotexnologiyalar instituti, Muhandislik instituti va Filial faoliyatini yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq xarajatlar, jumladan bino va inshootlarni ta’mirlash va jihozlash — Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
  1. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi:
  2. a) Universitet bilan birgalikda:
  • Agrobiotexnologiyalar instituti, Muhandislik instituti va Filial tuzilmasi hamda shtat jadvali normativlarga muvofiq tasdiqlanishini ta’minlasin;
  • Agrobiotexnologiyalar instituti, Muhandislik instituti va Filialni tanlov asosida amaliy tajriba va (yoki) ilmiy darajaga ega bo‘lgan mutaxassislardan iborat yuqori malakali professor-o‘qituvchilar bilan to‘ldirish choralarini ko‘rsin;
  • Transformatsiya ofisi rahbari lavozimiga yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalarida rahbarlik ish tajribasiga ega bo‘lgan mutaxassisni jalb etsin;
  1. b) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Agrobiotexnologiyalar instituti, Muhandislik instituti va Filialni yuqori tezlikdagi Internet jahon axborot tarmog‘iga ulash hamda onlayn ma’ruza o‘tkazish va masofaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish uchun zarur telekommunikatsiya jihozlari bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin;

So'nggi yangiliklar