logo
Loading

2024-yilning 2-fevral kuni Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining Urgut filialida o‘zaro hamkorlik shartnomasi doirasida Norvich tillarni o‘qitish instituti direktori Thom Kiddle bilan onlayn uchrashuv tashkil etildi.

  Uchrashuvda SamDU Urgut filiali Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari D.R.Mardonov, Xalqaro hamkorlik hamda Ilmiy bo‘limlar xodimlari, Tillarni o‘qitish kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda Xorijiy til va adabiyoti yo‘nalishi, ikkinchi kurs talabalari ishtirok etishdi. 

    Thom Kiddle Norvich tillarni o‘qitish institutida mavjud ta’lim shakllari va yo‘nalishlari, institutda o‘qish va o‘qitish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, xususan xorijiy talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida tanishtirib o‘tdi.

    Uchrashuvda, shuningdek, hamkorlikning bundan keying istiqbollari haqida ham gaplashildi. Filial Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari D.R.Mardonov Thom Kiddlega samimiy tarzda o‘tgan uchrashuv uchun o‘z minnadorligini bildirib, bunday uchrashuvlarning tez tez o‘tkazib turilishi har ikki tomon uchun ham foydali ekanligini ta’kidladi.

Uchrashuv davomida talabalar ham o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojat qilishdi.

 

So'nggi yangiliklar