logo
Loading

NEWS

Ijtimoiy so'rovnoma

August 11, 2023 / Seen 1040

Abituriyentlar va ota-onalarining ijtimoiy kayfiyatini o'rganish ishlari davom etmoqda

SamDU Urgut filiali direktori Quvondiq Yarashev abituriyentlar va ularning ota-onalari bilan suhbat o'tkazib, ularning takliflarini, fikr-mulohazalarini tingladi. 

Shuningdek, filial direktori hamda volontyor professor-o'qituvchilar tomonidan suhbat davomida ota-onalarga davlat tomonidan abituriyentlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, oliy ta'lim muassasalarida tahsil olish tartibi, farzandlari talaba bo'lgach, oliygoh tomonidan beriladigan imtiyozlar xususida atroflicha ma'lumotlar berdi. 

Ma'lumot o'rnida, Samarqand viloyatida o’tkazilayotgan imtihonlarda abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun qulayliklar yaratilgan. Xususan, ota-onalar salqin joyda o’tirib, farzandlarining imtihon jarayonida ishtirok etishlarini onlayn kuzatib borishmoqda.

SamDU Urgut filiali

Axborot xizmati

Latest news