Xalqaro faoliyat
2024-yilning 23-aprel kuni Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining Urgut filialiga Rossiya Federatsiyasining “G.R.Derjavin nomidagi Tambov davlat universiteti”dan Iqtisod fanlari doktori, Xizmat ko‘rsatish va turizm kafedrasi professori – Kuznetsov Igor Anatoliyovich, Pedagogika fanlari doktori, professor, ijtimoiy ish kafedrasi mudiri-Kurilovich Nadejda Vasilievna, Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent, Iqtisodiyotni strategik rivojlantirish kafedrasi mudiri – Sisoyeva Margarita Sergeyevna, Iqtisodiyotni strategik rivojlantirish kafedrasi dotsenti Sutyagin Vladislav Yuryevich hamda Filologiya fanlari doktori, rus tili kafedrasi professori Sherbak Antonina Semyonovnadan iborat besh kishilik delegatsiya a’zolari tashrif buyurdi. |
2024-yilning 2-fevral kuni Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining Urgut filialida o‘zaro hamkorlik shartnomasi doirasida Norvich tillarni o‘qitish instituti direktori Thom Kiddle bilan onlayn uchrashuv tashkil etildi. Batafsil... |
2023-yil 13-dekabr kuni Toshkent shahrida Angliyaning “Norvich tillarni o‘qitish” instituti direktori Thom Kiddle tomonidan O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalari uchun uchrashuv tashkil etildi. Batafsil...
Uchrashuvda SamDU Urgut filiali ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Dilmurod Mardonov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Abror Abdusalimov va Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi assistenti Zarniso Aktamovalar ham ishtirok etishdi.
2023-yilning 8-dekabr kuni SamDU Urgut filiali hamda Botirali Siddiqov nomidagi Qirg'iz-O‘zbek Xalqaro universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Shartnomada tomonlar ta’lim va ilmiy faoliyatga oid o‘zlarini qiziqtirgan sohalarda birgalikda tadqiqot faoliyatini amalga oshirish; ikki mamlakat qonunchiligiga asosan talabalar, magistrantlar va o‘qituvchilar almashinuvini amalga oshirish; professor-o‘qituvchilar va ilmiy xodimlarning malakasini oshirish maqsadida xizmat tashriflari, stajirovkalar uyushtirish; birgalikda madaniy-ommaviy va sport-sog'lomlashtirish tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish; axborot almashish va ilmiy va ta'lim faoliyatini ilmiy-uslubiy ta'minlashda bir-birlariga yordam berish; o‘quv, o‘quv-uslubiy va ilmiy ishlarni amalga oshirish uchun mutaxassislar almashinuvi; oliy malakali ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashda ko‘maklashish; o‘qituvchilar, xodimlar va talabalarga ilmiy amaliyot o‘tash imkoniyatini yaratib berish; birgalikda xalqaro ilmiy va amaliy forumlar (simpoziumlar, seminarlar va konferensiyalar, onlayn ma'ruzalar, vebinarlar va boshqalar) tashkillashtirish; birgalikda ilg'or o‘qitish usullarini ishlab chiqish va yangi ta'lim texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha tajriba almashish, shu jumladan masofaviy va tarmoq o‘qitish texnologiyalaridan foydalangan holda ma'lumotlar bazasini yaratish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish masalalarida kelishib olishdi.