“Ijtimoiy tarmoqlarda radikalizm, ekstremizm va boshqa destruktiv elementlar ta'siriga tushib qolishni oldini olish”
Mart 27, 2025 / Ko'rildi 58
SamDU Urgut filialida, “Ijtimoiy tarmoqlarda radikalizm, ekstremizm va boshqa destruktiv elementlar ta'siriga tushib qolishni oldini olish” mavzusida profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi.
✔️Davra shuhbatida, filial direktori, professor, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, Samarqand viloyati kengashi deputati Quvondiq Yarashev, direktor maslahatchisi Sanjar Eshonqulov, Samarqand viloyati IIB Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi mas'ul xodimi mayor Suxrob Sobirov hamda Urgut tuman IIB TKX TKKB tezkor xodimi kapitan Mamaraimov Nodirjonlar ishtirok etib, talaba-yoshlarni har-xil diniy oqimlarga aralashib qolmaslik, ijtimoiy tarmoqlaridan to‘g‘ri fodalanish, filial ichki tartib qoidalariga rioya qilish haqida tushuncha berib o'tdilar.
“Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar inson hayotining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Ular muloqot qilish, bilim olish va yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun qulay platforma hisoblanadi. Biroq, ijtimoiy tarmoqlarning foydali jihatlari bilan bir qatorda, ularning salbiy ta’siri ham mavjud. Shuningdek, yoshlar orasida radikalizm, ekstremizm va boshqa destruktiv g‘oyalarning tarqalish xavfi ortib bormoqda. Qolaversa, internet va ijtimoiy tarmoqlarning keng ommalashuvi bilan birga, ularning salbiy ta’sirlaridan himoyalanish masalasi ham dolzarb bo‘lib qolmoqda. Holbulki, yoshlarning radikal g‘oyalarga berilib ketishining oldini olish, ularni ekstremistik va boshqa zararli ta’sirlardan himoya qilish muhim ahamiyat kasb etadi.”—dedi filial direktori, professor Quvondiq Yarashev.
💬Tadbir yakunida mutaxassislar talabalarni qiziqtirgan barcha savollariga batafsil javob berdi.