Yangiliklar

Shukur Xolmirzayevning tavallud topgan kuni munosabati bilan kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Mart 24, 2025 / Ko'rildi 53

SamDU Urgut filialida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Shukur Xolmirzayevning tavallud topgan kuni munosabati bilan “O‘n sakkizga kirmagan kim bor” va “Yur tog‘larga ketamiz” kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tdi 

Mazkur taqdimoda, pedagogika va tillarni o‘qitish fakulteti yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari Po‘lat Qahhorov, Axborot resurs markazi mudirasi Sarvar Igamurodova hamda fakultet tyutorlari ishtirok etib, Shukur Xolmirzayev – o‘zbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biri bo‘lib, uning ijodi chuqur insoniy tuyg‘ular, realistik tasvir va xalqona uslub bilan ajralib turadi. Uning hikoya va qissalarida insoniy taqdir, qishloq hayoti, mehr-oqibat, sevgi va vatanparvarlik kabi mavzular asosiy o‘rinni egallaydi. Shukur Xolmirzayev ijodi o‘zbek adabiyotida o‘ziga xos o‘ringa ega. Qolaversa, adibning “O‘n sakkizga kirmagan kim bor” insonning hayot bosqichlari, yoshlik orzulari va o‘zlikni anglash mavzularini o‘z ichiga oladi. Asarning asosiy qahramonlari yosh bo‘lib, ularning hayotga bo‘lgan qarashlari, ichki kechinmalari tasvirlanganligi hamda “Yur tog‘larga ketamiz” asarida inson va tabiat munosabatlari, shuningdek, hayot falsafasi haqida fikr yuritadigan badiiy asardir. Tog‘lar ramziy ma’noga ega bo‘lib, insonning ruhiy poklanish va yangi bosqichga chiqish istagini ifodalaydi. Holbuki, "O‘n sakkizga kirmagan kim bor" va "Yur tog‘larga ketamiz" asarlari inson ruhiyati, yoshlik orzulari va hayot haqiqatlari haqida chuqur falsafiy fikrlarni o‘z ichiga oladi. Ular orqali muallif o‘quvchini insoniy qadriyatlar, orzular va hayot sinovlari haqida o‘ylashga undaydiganligi haqida talaba-yoshlarga tushunchalar berildi. 

 

 

 

 

So'nggi yangiliklar