Kasaba uyushmasi yig'ilishi
June 01, 2023 / Seen 1334
SamDU Urgut filialida O'zbekiston ta'lim va fan xodimlari kasaba uyushmalari Samarqand viloyat raislar Kengashi raisi Iftixor Raximov, Urgut tuman bo'linmasi Kengashi raisi G'ayrat Jamolov hamda SamDU Urgut filiali kasaba uyushmasi raisi Abdimanon Ashurov ishtirokida yig'ilish o'tkazildi...
Yig'ilishni SamDU Urgut filiali direktori Quvondiq Yarashev kirish so'zi bilan ochib berdi.
Filial xodimlariga "Jamoa shartnomasi" muhokamasi va yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi mazmun-mohiyati haqida atroflicha ma'lumot berildi.
Kasaba uyushmasining yangi a'zolariga a'zolik biletlari topshirilib, filialda xodimlar o'rtasida o'tkazilgan sport musobaqalarida g'oliblikni qo'lga kiritgan xodimlarga kasaba uyushmasi tomonidan mimmatbaho sovg'alar topshirildi.