Uslubiy qo'llanma
July 03, 2023 / Seen 1059
SamDU Urgut filiali gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti Akbar Asrorov va assistenti Safiya Yakubovaning “Adabiyotshunoslikka kirish” nomli o'quv qo'llanmasi nashr etildi.
Ushbu uslubiy qo‘llanmada adabiyotshunoslik fani va uning dolzarb mummolari:
-adabiyotshunoslik nazariyasini tarixiy va zamonaviy adabiy-estetik hodisa sifatida o‘rganish;
-badiiy asarlarni ilmiy-estetik tahlil qilish;
-adabiyot tarixi va zamonaviy adabiyot namunalarini qiyoslash;
-o‘zbek adabiyoti va sharq mumtoz adabiyoti munosabatini belgilash;
– o‘zbek adabiyoti va jahon adabiyotini qiyosiy tahlillash;
– yangi o‘zbek adabiyotiga xos poetik komponentlar masalasini talqin etish;
– milliy adabiyot namunalarini yangi nazariy xulosalar, tahlil tamoyillari asosida tadqiq etishdan iboratligi sir emas. Ushbu uslubiy qo‘llanmada badiiy asarni tahlil qilish uchun yetarli tavsiyalar berilgan. Shu bilan birga kitobxon va badiiy asar o‘rtasidagi uzviy aloqadorlik masalalari tahlil va talqin qilingan. Mavjud topshiriqlar talabaning kreativ tafakkurini oshirishga va mustaqil izlanishiga qaratilgan.