REFERENDUM-2023
April 10, 2023 / Seen 991
REFERENDUM-2023
"O'zbekiston Respublikasining yangilanayotgan Konstitutsiyasi Yangi O'zbekistonni bunyod etishning huquqiy kafolati!"
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Urgut filialida mahalliy aholi, ota-onalar ishtirokida "O'zbekiston Respublikasining yangilanayotgan Konstitutsiyasi Yangi O'zbekistonni bunyod etishning huquqiy kafolati!" shiori ostida tadbir bo'lib o'tdi.
Tadbirni SamDU Urgut filiali direktori Yarashev Quvondiq Safarovich kirish so'zi bilan ochib, yangilanayotgan Konstitutsiya haqida atroflicha ma'lumot berdi. Huquq va erkinliklarimiz kafolati bo'lgan Konstitutsiyamizga befarq bo'lmaslikka va 30-aprel sanasida mamlakatimiz bo'ylab bo'lib o'tadigan Referendumga ishtirok etishga chaqirdi.
SamDU Urgut filiali Axborot xizmati