Davra suhbati
Mart 20, 2024 / Ko'rildi 858
SamDU Urgut filialida para-dzyudo bo‘yicha IBSA xalqaro gran-pri turniri oltin medal sohibasi Uljon Amriyeva bilan davra suhbati tashkil etildi...
Davra suhbatini filial direktori Quvondiq Yarashev kirish so'zi bilan ochib, Uljon Amriyevani tarixiy natija qayd etib, o'zbekistonlik para-dzyudochilar tomonidan gran-pri turnirlarida qo'lga kiritilgan ilk oltin medal sohibasi bo'lganligi bilan tabrikladi.
Samimiy ruhda o'tgan davra suhbatida sportchi erishgan natijalari, kelgusida ko'zlagan maqsadlari haqida so'zlab: "Agar inson chin sitqidildan harakat qilsa, albatta, ko'zlagan maqsadiga yetadi",- deb e'tirof etdi. Suhbati davomida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.