SamDU Urgut filialida "Talaba-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda armiyaning o'rni" mavzusida davra suhbati
Mart 26, 2024 / Ko'rildi 956
SamDU Urgut filialida "Talaba-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda armiyaning o'rni" mavzusida davra suhbati tashkil etildi...
Tadbirni filial direktorning yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi o'rinbosari Zikrillo Yazdonov kirish so'zi bilan ochib, ishtirokchilarni talabalarga tanishtirdi. Davra suhbatida direktor maslahatchisi Sanjar Eshonqulov, O'zbekiston Respublikasi Kichik mutaxassislar tayyorlash markazi o'qituvchilari podpolkovnik Baxtiyor Axmedov, mayor Sanjar Nabiyev hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirda so'z olganlar tomonidan Vatanimiz sarhadlari daxlsizligini saqlashda nafaqat armiya, har bir yuragida o'ti bor fuqaroning ham burchi ekanligi to'g'risida tushunchalar berildi. Talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Tadbir davomida filial "Qalqon" jamoatchilik guruhi a'zolari bilan suhbat o'tkazilib, tegishli taklif va tavsiyalar berildi.