Direktor uchrashuvi
Aprel 03, 2024 / Ko'rildi 654
SamDU Urgut filiali direktori Quvondiq Yarashevning filial professor o'qituvchilari, xodimlari hamda talabalari bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi
Uchrashuvda filial direktori, direktor o'rinbosarlari, direktor maslahatchilari, bo'lim boshliqlari, dekanlar, professor-o'qituvchilar, xodimlar va sirtqi ta'lim shakli hamda kunduzgi ta'limda tahsil olayotgan talabalar ishtirok etdi.
Ochiq va samimiy ruhda o'tgan uchrashuvni filial direktori Quvondiq Yarashev kirish so'zi bilan ochib, filialda o'qish va faoliyat yuritish uchun yaratib berilayotgan qulayliklar, shart-sharoitlar, shuningdek, endilikda amalga oshiriladigan istiqboldagi rejalar xususida so‘z yuritdi. Uchrashuv davomida professor-o'qituvchilar, xodimlar hamda talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga direktor va direktor o'rinbosarlaridan atroflicha javob oldilar. Shuningdek, filial direktori tomonidan professor-o'qituvchilar, xodimlar hamda talabalarni tashabbuslari qo'llab-quvvatlanishi, ilmiy faoliyat, o'qish hamda ta’limni sifatli davom ettirish kabi intilishlarga har doim imkoniyat va ko‘mak berilishi ma’lum qilindi.