Yangiliklar
Iyul 30, 2024 / Ko'rildi 489
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Urgut filialida talabalarini ijara xonadonlariga joylashtirish ishlari davom etmoqda. Filial hududida davlat-xususiy sherikchiligi asosida 400 o‘rinli talabalar turar joyi qurilish jarayonlari jadallik bilan olib borilmoqda. Ushbu yotoqxona 2024-yilning to'rtinchi choragida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
Shu bilan birga, Urgut tumanidagi 5 ta mahalla fuqarolar yig‘inida jami 285 ta xonadonda ijara xonadonlariga joylashishi mumkin bo'lgan talabalarga yetarli darajada 1385 ta o‘rinli xonadonlar bazasi shakllantirilib, shart-sharoitlar yaratilgan.
Hozirgi kunda ijara xonadonlarini topish va band qilish bo‘yicha yordam ko‘rsatilgan talabalar soni (30.08.2024 holatiga ko‘ra): 425 ta
Ma’lumot uchun, vazirlar Mahkamasining 605-son qaroriga ko‘ra, ijara huquqi asosida yashaydigan davlat oliy ta’lim muassasalarida kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiydigan talabalarning 60 foiziga Toshkent shahrida — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari, qolgan hududlarda — bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravarida kompensatsiya pullari beriladi. Birinchi bosqich talabalariga esa sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etmasdan, ushbu pullar taqdim qilinadi.
SamDU Urgut filiali
Axborot xizmati