"Ma’rifat ulashib" loyihasi doirasida "Maktabimga kitob ulashaman"
Dekabr 03, 2024 / Ko'rildi 175
SamDU Urgut filiali direktori Quvondiq Yarashev, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari Zikirillo Yazdonov, professor-o‘qituvchilar hamda faol talabalar ishtirokida "Ma’rifat ulashib" loyihasi doirasida "Maktabimga kitob ulashaman" shiori ostida tumandagi 132-maktab kutubxonasiga badiiy adabiyotlar sovg‘a qildilar.
Jarayonda, “Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasidagi targ‘ibot tadbirlari ana shu yo‘nalishdagi ishlarni yanada yuqori bosqichga ko‘tarishga, ayniqsa, yoshlarning kitob o‘qishga qiziqishini oshirishga xizmat qilmoqda. Shuningdek, o‘quvchi yoshlar bilan uchrashuvda kitobning jamiyat taraqqiyoti, inson kamolotidagi o‘rni va roli muhim ekanligi haqida tushuncha berildi.
Shu bilan birgalikda ushbu maktabda zakovat hamda kitobxonlik tadbirlari tashkil etildi.