logo
Loading

Yangiliklar

Quddus Asadning "Dolg'a" nomli kitob taqdimoti bo'lib o'tdi

Dekabr 05, 2024 / Ko'rildi 159

SamDU Urgut filialida Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan chop etilgan Quddus Asadning "Dolgʻa" nomli kitob taqdimoti boʻlib oʻtdi.

 

Taqdimotda, filial direktori Quvondiq Yarashev, “Samarqandim” jurnali bosh muharriri, "Oltin qalam" milliy mukofoti sovrindori Farrux Hamroyev, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand bo‘limi rahbari Toshpo‘lat Tugalov hamda Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi dotsenti Akbar Asrorovlar ishtirok etib, "Dolg‘a" kitobi haqida o‘z fikr mulohazalarini bildirib o‘tdilar.

 

“She’riyatimizga guras-guras yosh shoirlar kirib kelayotgani ko‘zni quvontiradi. Keyingi yillarda she’rning yangi to‘lqini paydo bo‘ldi. Men bir guruh yosh shoirlarimizning otashin chiqishlarini, mardona intilishlarini, alangali hayajonlarini zavq bilan kuzataman. Ularning har biri o‘zini kashf etishga, o‘z ovozini namoyon etishga harakat qilib, yoniq ijodiy hayajonlar bilan maydonga kirib kelmoqdalar. Shunday iqtidorli yoshlarimiz orasida Urgut farzandi Quddus Asad ham borligi albatta bizni quvontiradi. She’r yo‘li uzun va mashaqqatli yo‘l. Bu yo‘l nafaqat uzoq umr mobaynida, balki undan keyin ham davom etadi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi” — dedi filial direktori Quvondiq Yarashev. 

 

 

 

 

 

 

 

Taqdimotda ishtirok etganlar ham kitob haqida iliq fikrlar bildirib o‘tdilar.

 

 

So'nggi yangiliklar