"Konstitutsiya - baxtimiz kafolati" mavzusida bayram tadbiri bo'lib o'tdi.
Dekabr 06, 2024 / Ko'rildi 177
SamDU Urgut filialida, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi munosabati bilan Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi assistenti Shahnoza Bahriyeva hamda o‘zbek tili va adabiyoti ta'lim yo'nalishi talabalari tomonidan "Konstitutsiya - baxtimiz kafolati" mavzusida bayram tadbiri bo‘lib o'tdi.
Dastlab, О‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi.
Shundan so‘ng filial direktorining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo'yicha birinchi o‘rinbosari Zikrillo Yazdonov so‘zga chiqib, Konstitutsiyamizda inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni va qadr-qimmati oliy qadriyat darajasiga ko‘tarilgani, insonparvar, demokratik, ochiq va adolatli jamiyat barpo etish g‘oyalarini o‘zida mujassam etganligini alohida ta’kidlab, "O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va uning sharafli 32 yillik bayrami jamiyat taraqqiyotining asoslaridan biri sifatida ulug‘vor va hayotbaxshdir. Uni rivovjlantirish vazifalari xalqimizning tinch,osuda farovon hayoti yo‘lidagi siyosatning ustuvor vazifalaridan biri bo‘lmoqda. Xalqimizning farovon hayotiga bo‘lgan bunday e’tibor aziz va tabarruk inson uchun qaratilgan taraqqiyot yo‘li faol tarzda hayotimizga tatbiq etilayotganligi, mamlakatimizning barcha hududlarida keng quloch yoygan va o‘zining samarasi har tomonlama namoyon bo'layotganligi e’tiroflidir" — dedi.
Shuningdek, tadbir davomida talaba-yoshlar tomonidan kuy-qoʻshiqlar, badiiy chiqishlar hamda "Qalqon" jamoatchilik guruhi aʼzolari tomonidan sahna koʻrinishlari namoyish etildi.