logo
Loading

Yangiliklar

“Ma’rifat ulashib” loyihasining yangi mavsumi

Dekabr 11, 2024 / Ko'rildi 180

SamDU Urgut filalida “Ma’rifat ulashib” loyihasining yangi mavsumi doirasida yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish va ularni adabiyotga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishda ahamiyati yuqori bo‘lmoqda.

 

 

 

 

“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Amir Xudoyberdi, ijodkor Alisher Boymurodovlar tashrif buyurdi. Ko'taringki ruhda o'tgan tadbirni filial direktorining Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi o'rinbosari Zikirillo Yazdonov kirish so'zi bilan ochib berdi. Tadbirda so'z olganlar tomonidan yoshlar qalbida adabiyotga mehr-muhabbatni yanada kuchaytirish, ona Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish muhim masala ekanligi aytib o‘tildi. Qizg‘in va samimiy suhbatlar go‘zal mushoiralarga ulanib, ijodkorlar o‘zlarining ijod namunalaridan Vatanga muhabbat, insoniy tuyg‘ular aks etgan she’rlaridan namunalar o‘qidilar.

 

 

 

 

 

 

So'nggi yangiliklar