logo
Loading

Yangiliklar

SamDU Urgut filialida, "Iqtidorli yoshlar birlashaylik" forumi bo'lib o'tdi

Noyabr 07, 2024 / Ko'rildi 213

    Forumda, filial direktorining ilmiy ishlar va innavatsiyalar bo'yicha o'rinbosari Dilmurod Mardonov, tuman hokimining innovatsion rivojlanish masalalari bo'yicha o'rinbosari Olmos Qodirov hamda "Urgut Sanoat Servis" MCHJ rahbari Majidxon Islomov qolaversa, Samarqand davlat chet tillar instituti, Samarqand davlat universiteti, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, Samarqand davlat tibbiyot universiteti, O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiallarining iqtidorli talaba-yoshlari ishtirok etishdi.

  🗣Forum davomida, talaba-yoshlar o‘z ilmiy ishlari va startap g‘oyalarini namoyish etib, yangi imkoniyatlar yangi innovatsion loyihalar va texnologik qarashlar to'g'risida qiziqarli munozaralar yoshlarning kreativ fikrlashlarini rivojlantirishga, ilmiy va texnologik sohalarda yangi g‘oyalar va hamkorlikka yo‘l ochib, forum ishtirokchilari o‘z bilim va tajribalarini oshirib, o‘zlarining innovatsion g‘oyalarini real hayotga tadbiq etish yo‘lida muhim qadamlar qo‘yishdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

So'nggi yangiliklar