Ilmiy faoliyat
Iyun 28, 2024 / Ko'rildi 557
SamDU Urgut filiali dotsentlari Komil Norboyev hamda Abdimannon Ashurovning dotsentlar Elmurod Tursunqulov, Nishon Qiyomov va Farrux Ahmedovlar bilan hammualliflikda "Technical-tactical profile and winning probability analysis of elite uzbek judoka Davlat Bobonov" nomli maqolasi Scopus va Web of science ma'lumotlar bazasiga kiruvchi "Revista iberoamericana de psicología del ejercicio y el deporte" jurnalida nashr etildi.
Mazkur maqolada Samarqand davlat universiteti bitiruvchisi, “Tokio-2020” Olimpiada o’yinlari bronza medali sohibi, Jahon chempioni, xalqaro musobaqalar g'olibi, sport ustasi Davlat Bobonovning texnik-taktik ko'rsatkichlari tahlil qilingan.