logo
Loading

Yangiliklar

Tabrik

Avgust 17, 2024 / Ko'rildi 655

    

    SamDU Urgut filiali direktori Yarashev Quvondiq Safarovichga!

   

    Hurmatli Quvondiq Safarovich!

    Sizni tug‘ilgan kuningiz bilan tabriklaymiz! Sizga uzoq umr, sihat-salomatlik, sharafli va mas’uliyatli ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

     SamDU Urgut filiali tashkil etilganligiga endigina ikki  yil bo'lgan bo'lsa-da sizning rahbarligingizda ahil-inoq jamoa shakllantirilib, filial taraqqiyoti uchun salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, professor-o‘qituvchilar ilmiy salohiyati oshayotganligi, xalqaro hamkorlik aloqalari rivojlanayotganligi, o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlar, tobora yuksalayotganligini mamnuniyat bilan e'tirof etamiz!  
    Sizning rahbarligingizda bunyodkorlik ishlari jadal davom etmoqda. Filial binosining moddiy texnik bazasi eng zamonaviy tarzda shakllantirildi. Davlat xususiy-sherikchilik asosida qurilayotgan talabalar yotoqxonasi topshirilish arafasida. 
    SamDU Urgut filiali sizning rahbarligingizda tumandagi ilm, mamaviyat-ma'rifat markaziga aylanayotganligini quvonch bilan ta'kidlaymiz!

    Qadrli Quvondiq Safarovich! Filial rivoji yo‘lidagi ishlaringizga omad tilaymiz. Yuzingiz yorug‘, martabangiz ulug‘ bo‘lsin! 

     Hurmat bilan SamDU Urgut filiali jamoasi

So'nggi yangiliklar