SamDU Urgut filialida "Yetti go'zal" ko'rik tanlovi tashkil etildi
Mart 05, 2024 / Ko'rildi 1055
SamDU Urgut filialida 8-mart–Xalqaro xotin-qizlar bayrami kuni munosabati bilan birinchi bosqich talaba-qizlar o'rtasida "Yetti go'zal" ko'rik tanlovi tashkil etildi
Tanlovda talaba-qizlar quyidagi to'rtta shart bo'yicha bellashdilar:
🔹O'zini she'riy tarzda tanishtirib, bayram munosabati bilan onalarga tabrik yo'llash;
🔹Tezkor savol-javob;
🔹Pazandalik mahorati;
🔹Erkin mavzular yuzasidan o'z mahoratlarini namoyish qilishdi.
Bayramona, ko'tarinki ruhda o'tgan tanlov natijalariga ko'ra:
🔹Birinchi o'rinni Mamatqulova Mushtariy;
🔹Ikkinchi o'rinni Usmonova Umida;
🔹Uchinchi o'rinni esa Joniqulova Gulsanam va Shodiyorova Farangizlar egalladi.
Tanlovda o'rin olgan talabalar va boshqa ishtirokchilar ham tanlovning turi nominatsiyalari bo'yicha g'olib deb topilib, munosib taqdirlandilar.