logo
Loading

Yangiliklar

Zakovat

Mart 29, 2024 / Ko'rildi 300

     SamDU Urgut filialida “Intellektual haftalik” doirasida "Zakovat" oʻyinlari boʻyicha “Direktor kubogi” oʻtkazildi...

    "Zakovat" intellektual o'yinini filial direktori Quvondiq Yarashev kirish so'zi bilan ochib, jamoalarga omad tiladi va talabalarning intellektual salohiyatini, bilimini oshiradigan bunday o'yinlarni ko'paytirish, yanada ko'tarinki ruhda tashkil etish yuzasidan mas'ullarga tegishli tavsiyalar derdi.

    Filial Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti a'zolari bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur o'yinda filial talabalaridan tarkib topgan 24 ta jamoa ishtirok etdi. Bahs-munozaralarga boy o'tgan o'yin natijalariga ko'ra:

   🥇"Dinamit" jamoasi;
   🥈"Dasturchilar" jamoasi;
   🥉"207-guruh" jamoasi egalladi.

     Eng bilimdon deb topilgan jamoalar: 1-o'rin 500 ming, 2-o'rin 400 ming, 3-o'rin 300 ming pul mukofoti va diplom bilan taqdirlandi.

 

 

 

 

 

 

 

 

So'nggi yangiliklar