logo
Loading

НОВОСТИ

8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami kuni munosabati bilan

Март 04, 2023 / Просмотр 599

8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Urgut filialida 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan talabalar o‘rtasida "Balli qizlar" ko'rik tanlovi o'tkazildi.

       Ko'rik-tanlovni SamDU Urgut filiali direktori Yarashev Quvondiq Safarovich kirish so'zi bilan ochib, filialda faoliyat yuritayotgan va o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarni 8-mart
 Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami bilan samimiy tabrikladi! Kelgusi ishlariga, o‘qishlariga omad, oilaviy baxt, tinch-totuvlik tiladi.

     Tadbir ko‘tarinki ruhda davom etib, ko'rik-tanlovda ishtirok etayotgan va  o‘quv yili davomida o‘zlarining ilmiy, ma’naviy salohiyati bilan o‘rnak bo‘la olgan bir qator 
faol talabalar SamDU Urgut filiali ma'muriyati tomonidan taqdirlandi. Urgut tuman hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari 
Gulshoda Nuriddinova tadbir mehmoni bo‘lib, bayram bilan yig‘in qatnashchilarini tabrikladi.

Tanlov natijasiga ko‘ra:

  1. “KIMYOGARLAR” jamoasi
  2. “ZULFIYA QIZLARI” jamoasi
  3. “MATEMATIK” jamoasi

 

     

Последние новости