9-may - Xotira va qadrlash kuni
May 08, 2023 / Ko'rildi 1016
Har yili "9-may - Xotira va qadrlash kuni” yurtimizda keng miqyosda nishonlanadi.
Shu munosabat bilan Urgut tumanidagi Xotira maydonida Urgut tumani hokimligi, SamDU Urgut filiali
va bir qator huquq-tartibot idoralari, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari, mehnat faxriylari,
yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida "Motamsaro ona haykali" poyiga gul qoʻyilib,
bugungi tinch va osuda kunlar uchun jon fido qilgan yurtdoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirildi.