"Mini-futbol" bo‘yicha musobaqa o'tkazildi
Yanvar 30, 2025 / Ko'rildi 22
SamDU Urgut filiali Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi boshlig'i Narzullo Jo'rayev, hamda biznesni boshqarish va tabiiy fanlar fakulteti tyutori Ozod Arziyevlar ishtirokida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, milliy sport o‘yinlari va sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini ommalashtirish maqsadida 1-son Talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalar o‘rtasida sportning "Mini-futbol" turi bo‘yicha musobaqa o'tkazildi.
Ma'lumot o'rnida, Talabalarni bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish muhim masalalardan biri hisoblanadi. Zamonaviy yoshlar orasida samarali vaqt boshqaruvi va maqsadli faoliyat bilan shug'ullanish ko'nikmalarini shakllantirish nafaqat ularning muvaffaqiyatiga, balki shaxsiy rivojlanishiga ham xizmat qiladi qolaversa, talabalarni bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazishga undash ularning kelajagi uchun mustahkam poydevor yaratadi.