Yangiliklar
Noyabr 13, 2023 / Ko'rildi 1029
Bugun SamDU Urgut filialida "Talabalar orasida ijtimoiy muhit barqarorligini ta'minlash, odam savdosiga qarshi kurashish, firibgarlik, korrupsiya, giyohvandlik va huquqbuzarlik kabi jinoyatchiliklarning oldini olish" mavzusida davra suhbati tashkil etildi...
Tadbirni Yoshlar masalalari va ma'naviy - ma'rifiy ishlar bo'yicha direktorning birinchi o'rinbosari Zikrillo Yazdonov kirish so'zi bilan ochib, filialda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarni oldini olish va talabalar xavfsizligini ta'minlash maqsadida biriktirilgan proflaktika inspektori, leytenant Shamsiddin Ergashevni tanishtirdi. Tadbir davomida Talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul bo’lgan direktor maslahatchisi Sanjar Eshonqulov huquqbuzarlikni kelib chiqish sabablari va oqibatlari, jinoyatchilikni oldini olish haqida atroflicha ma'lumot berdi.