“Talaba-yoshlarni internet tarmoqlari orqali DEO, XTT va boshqa destruktiv oqimlarga aralashib qolishning oldini olish”
Yanvar 29, 2025 / Ko'rildi 44
SamDU Urgut filialida “Talaba-yoshlarni internet tarmoqlari orqali DEO, XTT va boshqa destruktiv oqimlarga aralashib qolishning oldini olish” hamda “Talabalar orasida jinoyat sodir qilish holatlarini bartaraf qilish” mavzulari doirasida umumprofilaktik tadbir o‘tkazildi...
Tadbirda, Yoshlar masalalari va ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari Zikirillo Yazdonov, direktor maslahatchi Sanjar Eshonqulov hamda pedagogika va jismoniy madaniyat kafedrasi o'qituvchisi Salohiddin Usmonovlar ishtirok etib, yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalikni qadriga yetish, loqayd va beparvolikka berilmaslik bo‘yicha tushunchalar berilib, o‘sib kelayotgan yosh avlodni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash hamda yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqatilishiga yo'l qo'ymaslik, yoshlarni diniy ekstremizm, terrorizm, radikalizm kabi salbiy illatlardan ogohlantirish va asrash muhim ahamiyatga ega ekanligi ta'kidlandi.