logo
Loading

Yangiliklar

Talabalar tomonidan "Samarqandlik Behbudiy" spektakli namoyish etildi

May 28, 2024 / Ko'rildi 159

    “Teatr bu – ibratxonadir” 
     Mahmudxo‘ja Behbudiy

     SamDU Urgut filiali  talabalaridan iborat "Yosh ma'rifatchilar" teatr studiyasi jamoasi tomonidan Samarqand shahridagi "Nurafshon" madaniyat saroyida Samarqand viloyatining "Og'ir va qizil" toifadagi yoshlari uchun Mahmudxo'ja Behbudiyning hayoti va faoliyati aks etgan "Samarqandlik Behbudiy" spektakli namoyish etildi

 

 

 

 

     "Samarqandlik Behbudiy" spektakli xalqimiz tarixining murakkab damlarida ma’rifat mash’alasini baland ko‘tarib chiqqan ulug‘ alloma va jamoat arbobi, jadidchilik harakatining yirik vakili, ma’rifatparvar bobomiz Mahmudxo‘ja Behbudiyning hayot yo'li hamda ilm-ma'rifatni targ'ib qiluvchi “Padarkush” dramasi asosida sahnalashtirilgan bo'lib, tomashabinlarga katta taassurot uyg'otdi.

 

 

 

 

 

     Spektakl namoyishida viloyat hokimi o'rinbosari Husan To'xtayev ishtirok etib, talabalarga minnatdorlik bildirdi va filial direktori Quvondiq Yarashevga tashakkurnoma taqdim etdi. 

 

 

 

 

SamDU Urgut filiali

Axborot xizmati

 

So'nggi yangiliklar